Ey yurak
Ey yurak omonsan raxmat senga,
Xayotini pishirgan oshini yedik.
Yo'qchilikda kirmadik qaysi ko'chaga,
Og'ir mehnatni xalol suvini ichdik.

Topar bo'lsak kunimizga burda non,
Bir oila teng taqsimlab bo'lishdik,
Ojizlik jonni qiynadida yomon,
Birovga bildirmay mahzun yig'ladik.

Yog'ldi boshimizga tuxmat toshlari,
Pul bilan o'lchadi xayotim,nomardlar.
Birin otasi falonchi, birini tog'asi,
It kabi ortimdan g'iybatlar qilisharlar.

Chidardim bariga axir bu xayot deb,
Ammo bir voqea yuragimni tildi.
O'z tuqqan onam ooh mehribonginam,
Xiyonat etagin ushlab meni silkitdi.

Borib tushdim olis uzoq o'tmishga,
Bolakik damlari onamning allasi.
Otamning boshini ko'mdi tuproqqa,
Tog'dek ulkan ekan erkak irodasi.

Ey yuragim gapir endi o'zingdanxam,
Aytib ber menga bevafo u gulyuzni.
Qattiq ekan zarbi tankning o'qidanxam,
Parchalab yubordi bu yurak qurg'urni.

Bu kimning xayoti demang do'stlar,
Men ko'rgan kechirganlarimdan bu.
Kimgadir xayot jannatga o'xshar,
Kimnidir xayot ko'z yoshini ichar...
Категория: SMS Sevgi sherlari | Добавил: MILLIONER (16.12.2017)
Просмотров: 2615 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0