Seni yana ko'rarmikinman?..
Mana, kunlar o'tar kunlarni quvib,
Yuragim soviydi javobsiz kuyib,
Umr toymoqdadur adoqqa ovib,
Seni yana ko'rarmikanman?..

Quyosh ham aldaydi botib ketguncha,
Do'stga do'stman doim sotib ketguncha,
Xayollar to'zg'iydi toki o'tguncha
Seni yana ko'rarmikinman?..
Категория: SMS Sevgi sherlari | Добавил: MILLIONER (24.02.2017)
Просмотров: 1225 | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0