Notebook’ka suyuqlik to’kilsa, nima qilish kerakligi haqida
Notebook bilan sodir bo‘ladigan nohush holatlardan biri bu albatta uni ustiga(klaviaturasiga) biror suyuq moddaning to‘kilib ketishidir. Ayniqsa bu holat ofisda ishlaydigan hodimlarda ko‘p uchraydi, chunki u yerda albatta yoki kofe yoki choy ichib ish qilish odat tusiga kirib qolgan. Undan tashqari Notebook ham ishxonaniki (shaxsiy bo‘lmaydi :)).

Bunday holat sodir bo‘lganda, asosiysi dovdirab qolmaslik kerak(yer qimirlashiga o‘xshab) va bajariladigan ishlar ketma-ketligini yaxshilab bilib olish lozim. Dastlab, aniqlashtirib olaylik notubukka qanday turdagi suyuqlik to‘kilishi mumkin? choy, kofe, sok, gazli suv,…

Uy sharoitida esa, boshqa suyuqliklar ham bo‘lishi mumkin.

Izlanishlar va amalda qo‘llanilgan ishlarni birlashtirib, quyida, bu holat sodir bo‘lganda nima qilish kerakligini(ketma-ketligini) yozib chiqdim:

1. Bilamizki, elektr manbai suyuqlik bilan chiqishmaydi, shu sababli Notebookni darhol elektr manbaidan uzib, o‘chirish kerak bo‘ladi. O‘chirishda ham, qonun qoidalarga rioya qilib(ПУСК-> …) o‘chirish kerak emas, tezda POWER tugmasini bosib turing va o‘chiring. Saqlanmagan fayllaringiz haqida havoir oladigan payt emas, bu yerda tezlik katta ahamiyatga ega, soniyalar hamma narsani hal qilishi mumkin.

2. O‘zgaruvchan tok bilan ishni hal qilib, navbatni o‘zgarmas tokka beramiz, ya’ni Notebookni razetkadagi elektr manbaidan uzib bo‘lgandan so‘ng, darhol Notebook batareyasini chiqaramiz. Qanday chiqarish kerakligi yozilgan qo‘llanmalarni titkilab, youtube orqali Notebook batareyasini chiqarish haqida videolarni ko‘rib yoki google’dan qidirib o‘tirishga vaqt yo‘q, taxminiy tarzda bilganingizcha chiqaring. Bunday paytda qonun qoidalarga qarab o‘tirmang(eng yaxshisi Notebook sotib olganinggizdan so‘ng, batareyani chiqarishni mashq qilib qo‘ying).

3. Ba’zi Notebooklar klaviaturasi ustida maxsus saqlagich(himoyalagich) bo‘ladi, agar sizda ham shunday narsa bo‘lsa, uni olib tashlab, yuvib, quritib yana bemalol ishlatishingiz mumkin bo‘ladi, bu holatda Notebookka zarar yetmaydi, maslahat shunday himoyalagichdan foydalaning.



4. Agar sizda bunday plyonka bo‘lmasa, ishingiz qiyinroq bo‘ladi. Biror mato olib, Notebookni teskarisiga qilib, ichidagi va klaviatura ustidagi suyuqliklarni artib, agar quyuqroq sharbat bo‘lsa, ichiga kirganini tushirib yuboring.



5. Tez bajariladigan ishlar ortda qoldi, endi Notebook ichini ochish kerak. Agar o‘zingizning qo‘lingizdan kelsa, o‘zingiz oching yoki kompyuterlarni tuzatadigan ustaxonaga olib boring va muammoni ular yordamida hal qiling. Agar Notebook ichini ochishni bilsangiz, u yerda detallarni almashtirgan bo‘lsangiz, ya’ni bu ishlarni avval ham bajarib ko‘nikma olgan bo‘lsangiz, usta bajaradigan ishlarni o‘zingiz ham qilishingiz mumkin. Uni oching, ichidagi CMOS batareyasini ham olib tashlang, barcha detallarini chiqaring va ularni quritish uchun ochiq holda 24 soat davomida qoldiring. Ko‘pchilik fen bilan quritishga kirishadi, men esa shundoq qoldirishini maslahat beraman. Fen faqat ma’lum bir qismini quritishi mumkin, ichlarini quritaolmaydi. sababi o‘zingiz ham bilmaysiz, suyuqlik qanchalik ichkariga kirganini va fenni ham ichkarigacha kiritaolmaysiz.

6. 24 soat vaqt o‘tgandan so‘ng, tekshirishni amalga oshirish mumkin. Dastlab, detallarni birma-bir ko‘rib chiqing, asosiysi motherboar(Материнская плата)’ni, hech qanday namlik, karroziya yo‘qligiga amin bo‘ling. So‘ng, Notebookni yig‘ishga kirishing, yig‘ish davomida diqqatlikni yo‘qotmang, yig‘ib bo‘lganingizdan so‘ng, yana bir bor tekshirib chiqing.

7. Notebookni ishga tushiring, ishga tushirganigizda quyidagi 3 holatdan biri bo‘lishi mumkin:

a. Notebook yonmasligi mumkin, bu holatda uni darhol o‘chirib, ustaxonaga olib boring, demak qandaydir detal yoki plata yaroqsiz holatga kelgan.

b. Notebook yongan, lekin klaviatura ishlamasligi mumkin, klaviaturani barcha tugmalari yoki ma’lum bir tugmalari o‘z vazifasini bajarmaydi. Bu holatda ham ustaga olib boring, agar shunday bo‘lsa siz bu nohush holatdan(suyuqlik to‘kilishidan) minimum zarar bilan chiqgan bo‘lasiz, ya’ni klaviatura almashadi yoki ta’mirlanadi holos.

s. Notebook yongan va klaviatura ham ishlaydi. Bu holatda, xursand bo‘lishga shoshilmang. Notebook va uning barcha elementlarini tekshiradigan biror dastur o‘rnating(AIDA64, SiSoftware Sandra, HWMonitor) va to‘liq tekshirib chiqing.
Категория: Kompuyter telefonlar xaqida | Добавил: MILLIONER (21.06.2016)
Просмотров: 1720 | Теги: kompuyter txnalogiyasi | Рейтинг: 5.0/5
Всего комментариев: 0