Odnoklassniki.Ru da Maroqli Suhbat Qurish!
Buning uchun Sizga saytning to`liq versiyasi kerak bo`ladi. Undan so`ng bosh sahifadagi Xat ko`rinishidagi "Сообщения" tugmachasiga bosasiz. Sizga oxirgi marotaba kimlar bilan yozishgan bo`lsangiz, o`sha insonlar ro`yxati ko`rsatiladi. U yerdan chat ko`rinishida gaplashmoqchi bo`lgan bo`lajak do`stlaringizdan brini ustiga bosasiz. Shunda do`stingiz bilan yozishish mumkin bo`lgan oynacha ochiladi. Bu oynachaning yuqori qismidan "Добавить собеседников" degan so`zni topib, ustiga sichqoncha kursori bilan bosasiz. Qarshingizda kichkina oynachada do`stlaringiz ro`yxati namayon bo`ladi. U yerda Chatda yozishmoqchi bo`lgan do`stlaringizni tanlab chiqasiz. Buning uchun ro`yxatdagi do`stlaringiz ustiga bir marotaba bosishingizni o`zi kifoya. Ular avtomatik ravishda oynachani yuqori qismiga qo`shilib boradi. Tanlab bo`lingandan so`ng quyi qisimdagi "Добавить" tugmachasini bosasiz. Endi Siz bir necha do`stlaringiz bilan bemalol onlayn tarzida suxbat qilishingiz mumkin. Agar yana do`stlar qo`shmoqchi bo`lsangiz qizil ko`rsatkich orqali ko`rsatilgan, chap tarafdagi belgiga bosasiz. Agarda bu chatdan chiqish niyatingiz bo`lsa yuqori o`ng tarafdagi "Выйти" yozuviga bosasiz. Manba: Okfan.ru | |
| |
Просмотров: 1463 | |
Всего комментариев: 0 | |