UMS’ning barcha USSD-kodlarini bilib oling! (To‘liq ro‘yxat)
Uyali aloqa operatorlarining mijozlari ularning ayrim xizmatlaridan foydalanish, biror tarifga o‘tish yoki tegishli ma’lumotlarni olish uchun USSD-so‘rov usulini qo‘llashadi. Ammo abonentlarning aksariyati USSD-kodlarning ikki-uchtasinigina biladi, xolos.

O‘QING: Mobil operatorlarimizning ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘rsatkichlari qanaqa?

Shuni inobatga olib, Universal Mobile Systems (UMS) aloqa operatori o‘z mijozlari uchun USSD-kodlarning to‘liq ro‘yxatini e’lon qildi. Keling, ularni tegishli bo‘limlar bo‘yicha ko‘rib chiqamiz.

Umumiylari:

*100# – balansni tekshirish va tarif rejasi bo‘yicha limitlarni bilish;

*102# – barcha turdagi Internet-to‘plamlar qoldig‘ini tekshirish;

*102*0# – bonusli Internet-to‘plamlarni tekshirish;

*103# – daqiqalar to‘plamlarini tekshirish;

*103*0# – bonusli daqiqalar to‘plamlarini tekshirish;

*104# – SMS-to‘plamlarni tekshirish;

*104*0# – bonusli SMS-to‘plamlarni tekshirish;

*111# – xizmatlarni yoqish va o‘chirish uchun mobil portal.

Foydalilari:

*111*0*1# – xizmat ko‘rsatish tili sifatida o‘zbek tilini tanlash;

*111*0*2# – xizmat ko‘rsatish tili sifatida rus tilini tanlash;

*140# – yoqilgan xizmatlarni bilish;

*150# – o‘z raqamini bilish;

*151# – abonent nomiga qaysi raqamlar olinganini bilish;

*111*025# – mazkur oydagi harajatlarni bilish.

*111*013# – «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» xizmati holatini bilish;

*111*0131# – «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» xizmatini yoqish;

*111*0130# – «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» xizmatini o‘chirish.

*110*9989XXXXXXXX# – O‘zbekiston uyali aloqa operatorlari abonentlariga «Menga qo‘ng‘iroq qiling» iltimosini yuborish (X o‘rnida O‘zbekiston Respublikasi hududidagi abonent raqamini ko‘rsatish kerak).

*111*0101# – o‘z raqamini yashirish (aniqlanmaydigan qilish);

*111*0100# – o‘z raqamini ochish (aniqlanadigan qilish);

#9989XXXXXXXX – yashirin raqam qilib qo‘ng‘iroq qilish (X o‘rnida O‘zbekiston Respublikasi hududidagi abonent raqamini ko‘rsatish mumkin).

O‘QING: UMS aksiyasi: katta hajmli kunlik internet-to‘plamlar!

Internet:

*111*011# – «Mobil Internet» xizmati holatini tekshirish (xizmat avvaldan yoqilgan bo‘ladi);

*111*0010# – «Mobil Internet» xizmatini o‘chirish;

*111*0001# – «Mobil Internet» xizmatini yoqish (agar avval o‘chirilgan bo‘lsa);

*111*021# – avtomatik Internet sozlamalarini olish.

*222# – 4G LTE xizmati holatini bilish va boshqarish.

Internet xizmatlarini yoqish kodlari:

*102*X# – oylik Internet-to‘plamlarni ulash (X o‘rniga kerakli MB hajmini ko‘rsatish lozim: 300, 500, 1000, 2000, 3000, 5000, 10000, 20000, 30000, 50000);

*105*X# – haftalik Internet-to‘plamlarni ulash (X o‘rniga kerakli MB hajmini ko‘rsatish lozim: 100, 200, 300);

*102*X# – kunlik Internet-to‘plamlarni ulash (X o‘rniga kerakli MB hajmini ko‘rsatish lozim: 50, 100);

*102*1*X# – katta hajmdagi kunlik Internet-to‘plamlar (X o‘rniga kerakli MB hajmini ko‘rsatish lozim: 500, 1000, 2000, 3000, 5000, 10000);

*202*X# – har oy avtomatik tarzda belgilanib boradigan OnNet to‘plamlarini yoqish (X o‘rniga kerakli MB hajmini ko‘rsatish lozim: 300, 500, 1000, 2000, 3000, 5000, 10000);

*203*X# – tungi oylik Internet-to‘plamlarni yoqish (X o‘rniga kerakli MB hajmini ko‘rsatish lozim: 1000, 2000, 3000, 5000, 10000, 20000, 50000);

*200*1*1# – 1 tunga UNLIM Internet;

*200*7*1# – 7 tunga UNLIM Internet;

*200*30*1# – 30 tunga UNLIM Internet;

*200*X# – tungi UNLIM Internet holatini tekshirish (X o‘rniga necha tun ekanligini ko‘rsatish lozim: 1, 7 yoki 30);

*200*0# – tungi UNLIM Internetni o‘chirish (Yechib olingan mablag‘lar qaytarib berilmaydi!)

O‘QING: UMS’dan yangi aksiya: «Plyusda bo‘ling!»

Daqiqalar:

*103*X# – O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun oylik daqiqalar to‘plami (X o‘rniga kerakli daqiqalar hajmini ko‘rsatish lozim: 120, 180, 300);

*166# – tarmoq ichida VIP suhbat uchun «Super 0» xizmatini yoqish.

SMS-xabarlar:

*104*X# – oylik SMS-to‘plamlar (X o‘rniga kerakli SMS-xabarlar hajmini ko‘rsatish lozim: 100, 300);

*204*50# – Farg‘ona vodiysi uchun avtomatik tarzda uzayadigan OnNet SMS-to‘plamini yoqish.

Ayrim tarif rejalari:

*111*100# – «Connect»;

*111*114# – «Asosiy»;

*111*117# – «Standart»;

*111*119# – «Optimal»;

*111*121# – «Optimal+»;

*111*124# – «Qulay»;

*111*127# – «Qulay+»;

*111*130# – «Premial»;

*111*135# – «Ideal»;

*111*141# – «VIP».

Ta’kidlab o‘tish kerakki, UMS aloqa operatori ushbu kodlar orqali foydalaniladigan xizmatlarning pulli yoki bepul ekanini bu ro‘yxatida ma’lum qilmagan.
Категория: Telefon kodlari haqida | Добавил: MILLIONER (18.03.2021)
Просмотров: 617 | Теги: UMS, Mobil, ussd | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0