Gulsanam Mamazoitova haqida
Gulsanam Mamazoitova 1981- yil 22-mart kuni Farg'ona shahrida san'atkorlar oilasida tug'ilgan. 1997-yilda Farg'ona shahridagi 1-o'rta maktabning 9-sinfini tamomlab Farg'ona Davlat San'at bilim yurtining "An'anaviy ijrochilik" bo'limiga o'qishga kirdi. 1999-yilda Yunus Rajabiy nomidagi Respublika maqomchilar ko'rik- tanlovida 2-o'rin, 2000-yilda Xorazmda bo'lib o'tgan 1- Respublika mumtoz musiqa festivali g'olibi bo'ldi. 2000- yilda bilim yurtini tamomlab O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining "Sharq musiqasi" bo'limiga qabul qilindi. 2003-yilda "Aziz ona yurtim navolari" milliy estrada ko'rik tanlovida 1-o'rinni egalladi. Gulsanam Mamazoitova 2004-yilga kelib O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining magistratura bosqichida o'z bilimlarini oshirishni davom ettirdi. Xuddi shu yili xonanda "Nihol" mukofoti bilan, 2006- yilda esa "O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist" unvonlariga sazovor bo'ldi.
Категория: Xonandalar | Добавил: MILLIONER (06.08.2014)
Просмотров: 10878 | Теги: Gulsanam Mamazoitova | Рейтинг: 1.9/15
Всего комментариев: 0