SaMRaS Guruhi haqida
SaMRaS guruhi ikki kishidan iborat bo'lib, 2005-yilda tashkil topgan. SaMRaS so'zi qadimgi yunon tilidan olingan bo'lib "Birinchi" degan ma'noni anglatadi. Guruh a'zolari Suhrob Rahimov va Sardor Magdiyev. Suhrob Rahimov qish faslining 15-fevral kuni Toshkent shahrida san'atkorlar oilasida tavallud topdi. Uning otasi O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan san'at arbobi, professor, kompozitor Xabibulla Rahimovdir. Onasi esa Toshkent Davlat San'at institutida tahsil olgan ko'pgina yosh san'atkorlarning ustozi san'atshunos konsertmeyster Noila Zokirovalardir. Sardor Magdiev yoz faslining 4- avgust kuni Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topdi. Maktabni bitirishgandan so'ng ikki do'st Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetiga o'qishga kiradilar. Ular talabalik vaqtidayoq qo'shiq aytishga qiziqib, oliygohda bo'lib o'tadigan tadbirlarning barchasida qo'shiq aytib ishtirok etishardi. Universitetda o'qib yurgan kezlaridayoq yigitlar guruh tuzishga qaror qildilar. Suhrob Rahimovning bastakorlar oilasida katta bo'lgani va Sardor Magdiyevning yoshligidagi orzusi bu duetning tashkil topishiga turtki bo'ldi. Guruhning ilk "Dardli yurak" qo'shig'ini Rustam To'lashev bastalagan bo'lib, qo'shiq 2005-yilning sentyabr oyida radio to'lqinlarda yangray boshladi.
Категория: Xonandalar | Добавил: MILLIONER (25.06.2014)
Просмотров: 1555 | Теги: SAmras Guruhi | Рейтинг: 2.0/12
Всего комментариев: 0