Android Telifonlarni Quluf (Blakirovka)dan ochishning 5 xil usuli
Hayotda ba'zan inson xotirasi pand berib qo'yadi. Himoya uchun terilgan raqam yoki belgilar esimizdan chiqib qolib, telefonimiz eng kerakli vaziyatlarda qulflanib qolsa nima qilamiz? Parolni olib tashlash yo'li bormi? Ushbu maqola parolni uchirish haqida… Birinchi usul (Eng oddiysi). Blokirovka bo'lgan telefonga ko'ng'iroq qiling. Chaqiruvga javob bering va «Home» tugmasini bosing. Shunda chaqiruv oynasi yopilib «Home« ekranga qaytishi kerak. Shundan so'ng “nastroyka”ga kirib grafik kodni o'chirib tashlang. Ikkinchi usul Agar smartfoningiz blokirovka holatiga tushgan bo'lsa, Google akkauntingiz orqali uni muammosiz tiklash mumkin. Sizning akkauntingizga Gmail pochta bog'langan bo'ladi. Gmail pochtaning login hamda paroli tiklash uchun kifoya qiladi. Kodni 5 marta noto'g'ri kiritilganidan so'ng ekranga «keyinroq urinib ko'ring” degan yozuv chiqadi. Ekranning pastki qismida esa «Grafik kodni esdan chiqardingizmi?” degan tugmani bosish imkoniyati paydo bo'ladi. Shu tugmani bosamiz. Qurilmada foydalanilayotgan Google pochtaning login hamda parolini kiritamiz. «Kirish” tugmasini bosamiz. Endi sizda yangi grafik kod qo'yish imkoniyati paydo bo'ldi. Yangi kod qo'ying va bu safar qo'yilgan kodni eslab qoling. Pastki o'ng burchakdagi “Tasdiqlash” tugmasini bosib ishni davom ettiring. Uchinchi usul (barcha ma'lumot o'chib ketadi). Eng ishonarli usul va 100 % ishlaydi. Buning uchun siz sozlamalarni to'liq bekor (polniy sbros nastroek) qilishingiz kerak. Bu «Hard Reset« deb nomlanadi. Avval telefon yoki planshetni o'chiramiz. So'ng «Yoqish« + «+« ovoz balandlatish + «Home» klavishlarini bir vaqtda bosgan holatda yoqamiz. Kutib turamiz. Planshet yoki telefon tiklash rejimi «Recovery Mode» da yonadi. Menyu ichidan Wipe data/factory reset bo'limini tanlaymiz. So'ng Yes-Delete all user deb tasdiqlaymiz. Jarayon yakunlanishini kutib turamiz hamda qurilmani o'chirib yoqamiz. To'rtinchi usul (Ma'lumotlarni saqlab qolgan holda, ammo malakali foydalanuvchilar uchun). Buning uchun sizga kompьyuter hamda unga o'rnatilgan Android SDK dasturiy ta'minoti, ADB dasturi, telefon yoki planshetni kompьyuterga ulash uchun USB kabel kerak bo'ladi. Qurilmani kompьyuterga ulang, kompьyuterdan «komandnaya stroka«ga kiring. (Windows XP bo'lsa Pusk -> cmd yoki Pusk -> Nayti programmы i faylы -> cmd). So'ng qo'yidagilarni ketma-ket kiriting: adb shell cd/data/data/ com.android.providers.settings/ databases sqlite3 settings.db update system set value=0 where name='lock_pattern_autolock’; update system set value=0 where name=’lockscreen.lockedoutpermanently’; .quit Telefon yoki planshetni o'chirib yoqing. Uchirib yoqqaningizdan so'ng ekranda yana grafik kod paydo bo'ladi. Tashvishlanmang – endi blokirovkani ixtiyoriy kod bilan ochishingiz mumkin. Beshinchi usul Shu maxfiy kodlarni yozgan holda amalga oshiriladi: *#7780# (yoki *#*#7780#*#*) —Factory Reset, Hard Reset Diqqat! Barcha usullar sinalgan, ammo hammada ham 100% ishlavermaydi. P.S. Bu erda erda keltirilgan metodlarni qo'llash uchun telefon yoki planshet «root» qilingan bo'lishi shart emas. Manba: Okfan.ru | |
| |
Просмотров: 9122 | |
Всего комментариев: 0 | |