Endi yo‘qolgan telefonni Google orqali topish mumkin bo‘ldi
Endi Google yo‘qolgan va
o‘g‘irlangan telefonlarni ham
qidirib topadigan bo‘ldi, deya
xabar bermoqda “Afisha.uz”.
Hozircha bu faqat Android
telefonlar uchun ishlaydi. Agar telefoningiz o‘g‘irlansa
yoki
uni shunchaki topa
olmayotgan
bo‘lsangiz, stol kompyuterida
Google qidiruv tizimiga find my
phone jumlasini tering. Bu ish
berishi uchun telefonga
Google
dasturining so‘nggi versiyasi
o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Google bosh sahifasida find
my
phone so‘rovini bergach,
haqiqatan ham telefon egasi
ekanligingizni tasdiqlash
uchun tizimga qaytadan kirish zarur,
shunda xaritada qurilmaning
taxminiy joyini ko‘rish
mumkin
bo‘ladi.
Agar u qayerdadir yo‘qolib qolgan bo‘lsa, qidiruv sahifasi
orqali smartfonga ovozli
signal
yuborish mumkin, u besh
daqiqa
davomida maksimal balandlikda
yangrab turadi. Shuningdek
yangi funksiya yordamida
telefonni bloklash yoki
smartfondagi ma’lumotlarni
o‘chirish mumkin.

Manba: Okfan.ru
Категория: Samsung | Добавил: MILLIONER (02.02.2016)
Просмотров: 4382 | Рейтинг: 2.3/3
Всего комментариев: 0