Android telefonidan o'chmaydigan programmalarni o'chirish yo'li
Salom. Ba'zida bilib yoki bilmay android uchun birorta programma o'rnatib olamiz. Lekin bitta muammo bor. O'rnatgan programmamiz yoqmay qolsa uni o'chirvorishimiz kerak. Lekin o'chirolmayapsizmi?
Unda mening yozganlarimni diqqat bilan o'qing va qanday qilib androiddagi o'chmaydigan programmalarni o'chirib yuborishni o'rgataman. Eng avvalo Настройки » Диспетчер приложенийga kiramiz. U yerdan o'chirmoqchi bo'lgan programmamizni topamiz. Uning ichiga kiramiz. Berilgan funksiyalar mavjud lekin faqat o'chirib yuborish Удалить yo'q. So'ng Настройки » Безопасность » Администраторы устройства ga kiramiz. Shu yerda siz o'chira olmagan programmalar turgan bo'ladi. Ularni ichiga kirib Отключить ni bosamiz. Keyin Настройки » Диспетчер приложенийga kiramiz. Yana o'sha o'chira olmagan programmamizga kiramiz. O'chirish funksiyasi ya'ni Удалить paydo bo'ldimi? Demak endi bemalol programmani o'chirib yuborishingiz mumkin!
Категория: Samsung | Добавил: MILLIONER (30.01.2016)
Просмотров: 2144 | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0