Nokia Smartfonlaridagi yonib o'chuvchi SMS belgini yo'q qilish
Salom aziz foydalanuvchi! Men sizlarga yordam beryotgan bo'lsam bundan juda hursandman. Endigi navbatdagi muammo bu Nokia smartfonlarida sms belgi, ya'ni yonib o'chib turuvchi smsni qanday yo'q qilish haqida.
Bunday holatni juda ko'p tanishlarimda kuzatdim. Albatta bu kimlarnidir havotirga ham solgan. Tanishlarim menga
"Mana bu sms belgi paydo bo'lib qoldi, zarari yo'qmi? Yo'q qilishni iloji bo'lsa, to'g'rilab ber" shunday savollar bilan murojaat qilishdi. Sizda ham shunday sms belgi paydo bo'lgandir. Undan siz ham hayron bo'lib hattoki havotirga ham tushgandirsiz. Men sizlarga ushbu belgini yo'q qilishni o'rgataman. Bu juda ham oson va oddiy. Hullas yozganlarimni yaxshilab o'rganing.

Telefoningizdan Сообщения menyusiga kirasiz. Функции bosasiz. Сообщения на SIM ga kirasiz. U yerda Sim kartadagi SMSlar turgan bo'ladi. SMS belgining paydo bo'lishi aynan shu yerdan. Chunki Sim kartangizni hotirasiga SMS to'lib ketgan. O'sha SMSlarni o'chirib yuborsangiz, tepa paneldagi yonib o'chuvchi SMS belgi yo'qoladi. Bu juda oddiy.

Nokia Smartfonida muammolaringiz bo'lsa izoh qoldiring. Men qo'ldan kelgancha yordam beraman. Muxriddin Shermuxammedov tayyorladi
Категория: Smartfon | Добавил: MILLIONER (30.01.2016)
Просмотров: 1614 | Рейтинг: 3.7/3
Всего комментариев: 0