To'fon obrazini jonlantirgan aktyor bilan tanishing
«Sevgi iztirobi» seriali nafaqat ko'plab muxlislarning sevimli seriali, balki iqtidorli ijodkorlarni taqdim eta olgan loyihalardan biri hamdir.

Bu aktyor serialda bosh qahramonni talqin etmagan. Lekin iqtidori tufayli tezda tomoshabinlar nazariga tusha oldi. Serialda To'fon rolini aktyor Ali Burak Jeylan ijro etgan bo'lib, u ham turk kino san'atining yosh aktyorlaridan.

Ali Burak Jeylan 1991 yil 26 mayda Turkiyaning Istanbul shahrida dunyoga kelgan. O'rta maktabni tamomlagach, Kojaele universitetiga o'qishga kirgan. Bolaligida ot sportiga juda qiziqqani uchun universitetning otlarni o'rganuvchi bo'limiga hujjat topshirgan.

O'qishni tugatgach, ish topishga qiynalgan va bu orada aktyorlikka qiziqib qolgan. Bo'lajak aktyor chiroyli tashqi ko'rinishi hamda ko'k ko'zlari bilan rejissyorlarning e'tiborini torta olgan. «Sevgi iztirobi» Alining debyut ishi. Aktyorlik bilan jiddiy shug'ullanishga qaror qilgach, Osman Yagmurdeli san'at maktabida aktyorlik mahoratidan dars olishni boshlaydi.

«Sevgi iztirobi»dan so'ng muxlislar e'tiboriga tushadi. Hozirda aktyor «Shifokor» nomli serialda bosh qahramonlardan birini talqin etmoqda. Bundan tashqari, iqtidorli aktyor «Baxtsiz qasos» nomli spektaklida ham o'z mahoratini namoyish eta oldi.

Ali Burak hali bo'ydoq. Qizlarning yoqimtoyiga aylanib ulgurgan bo'lsa-da, uning sevgilisi borligi haqidagi xabar hali hech qaysi OAVda chiqmagan. Hozirda aktyor butun e'tiborini ijodga qaratgan.
Категория: Aktyor va Aktirisalar | Добавил: MILLIONER (25.12.2017)
Просмотров: 1866 | Теги: obrazini, jonlantirga, To'fon | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0