«Voy-voy tishim demaslik uchun...»
Mutaxassislar ma`lumotiga qaraganda, tishlarni har kuni 2 mahal tozalab turish, og`iz bo`shlig`i kasalliklariga chalinish ehtimolini 70-80 foizga kamaytirar ekan. Demak, eng muhimi, kundalik gigiena qoidasiga rioya etish.
Karies tishlar kushandasi ekanligini bilasiz. Unga qarshi chora esa to`g`ri ovqatlanish va uglevodga boy mahsulotlarni me`yorda iste`mol qilish. Olma, sabzi va shu kabi qattiq mahsulotlar eyilganida tishlar tozalanadi. Buni unutmang!
Tish emali emirilmasligi uchun egulik haroratiga diqqat qiling. Juda issiq va aksincha yaxday eguliklar tishlarga zarar! Qolaversa, ovqatlanayotganda qaynoq yoki muz bo`laklari solingan ichimliklarni ichish tish va milklarga salbiy ta`sir etadi.
Tishlarni tozalayotganingizda milklaringiz qonagudek bo`lsa, darrov tashabbusni qo`lga oling-da, kerakli muolajani kechiktirmang. Davolanishdan keyin esa milklarni mustahkamlovchi maxsus tish pastalaridan foydalaning.
Yana bir muhim qoida: har tanovul vaqtidan so`ng xona haroratida ilitilgan suv bilan og`iz bo`shlig`ini chaying. Tish orasiga kirib qolgan egulik qoldiqlaridan xalos bo`lish uchun maxsus ipli tozalagichlardan foydalaning.
Категория: Salomatlik va go'zallik | Добавил: MILLIONER (13.10.2016)
Просмотров: 1717 | Теги: «Voy-voy tishim demaslik uchun...» | Рейтинг: 4.2/5
Всего комментариев: 0