Yuz terisi turini aniqlash uchun mini test
1. Chayinganingizdan so`ng yuzingiz qanday holatda bo`ladi?

A. Taranglashadi;

B. Yaltillab qoladi;

V. Sog`lom va tekis;

G. Peshona va dahan qismi yaltillab, yonoqlar quruq lashadi;

D. Salgina qizaradi.

2. Oziqlantiruvchi pardoz vositalaridan foydalanmasangiz nima o`zgaradi?

A. Quruqlashadi, teri tortishib qoladi;

B. Yog`lashib ketadi;

V. Me`yoriy holatda bo`ladi;

G. Peshona va daxan qismi yog`lashib, yonoqlar tabiiy ko`rinishda bo`ladi;

D. Teri ta`sirchanligi ortadi.

3. Yuzingizning teri kataklari qanday tuzilgan?

A. Deyarli bilinmaydi;

B. Kattalashgan;

V. Ko`zguda yaqqol ko`zga tashlanadi, ammo pardoz qilinganida bilinmaydi;

G. Yuzning «T» qismida yaqqol ko`zga tashlanadi, yonoqlarda esa kichraygan;

D. Ba`zida bilinidi, ba`zida esa yo`q.

4. Iste`mol qilayotganlaringiz yuz terisiga ta`sir etadimi?

A. Ko`p miqdorda gazlangan ichimliklar yuzimni quruqlashtirib yuboradi;

B. Yog`li taomlardan so`ng yuzim yaltirab qolganday bo`ladi;

V. Hech qanday ta`siri yo`q;

G. Meva va sabzavotlardan tanovul qilmasam, peshona va dahan qismida toshmalar yuzaga keladi;

D. Achchiq ta`mli eguliklardan so`ng yuzim qichishadi.



Yuz teringiz qaysi turga mansub ekanligini bilish uchun javoblarni quyidagicha belgilang.

Javoblar orasida A harfi ko`p bo`lsa, demak yuzingiz quruq.
B javobi ko`p bo`lsa, yuzingiz yog`li.
V javobi etakchilik qilsa, normal yuz terisiga egasiz.
G javobi ustun bo`lganida, aralash turldagi yuz terisi mavjud bo`ladi.
D javobi ko`p bo`lganida esa yuz teringiz ta`sirchan turga mansubdir.
Категория: Salomatlik va go'zallik | Добавил: MILLIONER (12.10.2016)
Просмотров: 1422 | Теги: Yuz terisi turini aniqlash uchun mi | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0