O`t pufagi borasidagi savollarga javoblar
Salomatlik sahifasiga murojaat qilgan, xat yo`llagan bir qancha muxlislar tomonidan o`t pufak bilan bog`liq kasalliklar haqida batafsil ma`lumot berishimizni so`rashgandi. Bugungi sahifamizda aynan ushbu mavzudagi savollarga javob olish maqsadida biz oliy toifali xirurg G`ayrat Qudratovga murojaat qildik.

—O`t pufagi kasalligining kelib chiqish sabablari nimada?

Nodir Qahhorov, Toshkent viloyati

—O`t pufagi jigar ishlab chiqargan o`t suyuqligi uchun rezervuar hisoblanib, u ovqatlanish vaqtida o`t suyuqligini 12 barmoqli ichakka haydab berish vazifasini bajaradi. O`t pufagi kasalliklari norasional pala partish ovqatlanish, ovqat rasionida yog`li mahsulotlar ko`pligi ovqatlangandan so`ng kam harakatlilik, o`t suyuqligining dimlanishi va ikkilamchi infeksiya (o`tda o`t yig`ilganidan so`ng, o`t pufagi devorlari taranglashadi va qon aylanishi buziladi, natijada organizmdagi infeksiyalar yallig`lanish paydo qilishi mumkin) ta`sirida kelib chikadi.



—O`t pufagi kasalliklarining turlari bormi, ular qaysilar?

Aqida Parpieva, Samarqand viloyati

—O`t pufagi kasalligi xolesistit—o`t pufagining yallig`lanishi, o`tkir xollisistit—yallig`lanish jarayoning boshlanishi va surunkali xollisistit—o`z vaqtida davolanmagan yallig`lanish bora-bora umr davomida surunkali, ya`ni vaqti-vaqti bilan qaytalab turuvchi yallig`lanishga o`tadi, toshli va toshsiz xolesistitlarga ajratiladi.

—O`t pufagi kasalliklari asosan necha yoshdagilar orasida uchraydi? Davolash muddati qancha?

Zubayra Ochilova, Toshkent shahri

—Xolesistit 50 yoshdan oshgan ayollar orasida ko`proq uchraydi. Erkaklar nisbatan kam kasallanadi. Bolalarda esa juda kam holatlarda uchraydi. Kasallikni davolash muddati rejimga va xolesistit turiga bog`lik bo`ladi. Masalan toshsiz xolesistitlar parxezga rioya qilish va infeksiyaga qarshi dori vositalari qabul qilinishi, o`t suyuqligining dimlanishini bartaraf kqilish bilan tez davolanishi mumkin. Toshli xolesistitlar esa ko`p xolatlarda jarrohlik yo`li bilan davolanadi.

—O`t pufagi dimlanishining birinchi belgilari qanday? Uy sharoitida qanday davo choralarini ko`rish lozim bo`ladi?

Erkin Yunusov, Farg`ona viloyati

—O`tpufagi dimlanganligining birinchi belgilari quyidagilar: ovqatlangandan so`ng o`ng qovurg`a ostida og`riq bo`lishi ko`ngil aynishi, nahorda og`iz bo`shlig`ida taxirlik sezilishi, xolsizlik. Uy sharoitida parxezga rioya qilish, passiv dyubaj qilish, o`t haydovchi dori vositalarini ichish, jo`xori popugi damlamasini qabul qilish tavsiya etiladi. Uy sharoitida dyubaj qilish mumkin. Buning uchun och qoringa magniy sulfat eritmasi ichiladi. 30 daqiqadan keyin o`ng qovurg`a osti sohasiga issiq qo`yilib, chap yonbosh bilan yotiladi. Shuni ahamiyatga olish kerakki, bu vaqtda o`t pufagida toshlar bo`lmasligi kerak, aks holda tosh o`t yo`liga tushib «mexanik sariqlik»ni keltirib chiqaradi. Maslahatim, bu borada albatta shifokor mutaxassis bilan maslaxatlashish lozim.

—O`t pufagidagi toshlar ko`proq tuz sababli yig`iladimi yoki yog`danmi?

Samira Otaeva, Qashqadaryo viloyati

—O`t toshlari ko`proq yog`li, xolestiringa boy mahsulotlar iste`mol qilish natijasida hosil bo`lib, tarkibi o`t ko`prok o`t kislotalaridan iborat bo`ladi.

—O`t pufagi qanday sabablarga ko`ra olib tashlanishi mumkin? O`t pufagi olib tashlangandan so`ng, kishi organizmida qanday o`zgarishlar bo`ladi, u nimalarga amal qilishi lozim bo`ladi va shundan so`ng ut pufak funksiyasini qaysi organ, organlar zimmasiga oladi?

Jahongir Hamroev, Namangan viloyati

—O`t tosh kasalligi, o`tkir va tez-tez qaytalanuvchi surunkali toshli xolesisstlarda, o`ng pufagi istisqosida, o`t pufagi flegmona va o`smasi aniqlangan holatlarda olib tashlanadi. U olib tashlangan uning vazifasini jigar bajaradi. O`t pufagi olib tashlangach ovqat hazm qilishda biroz o`zgarishlar kuzatiladi, ya`ni yog`li, hamirli xolestiringa boy mahsulotlar, quyuq ovqatlarni hazm bo`lishi qiyinlashadi. Shu sababli operasiyadan so`ng 6 oy parxez buyuriladi. Ushbu operasiyani boshidan kechirgan bemorlar tez hazm bo`ladigan, kletchatkaga boy taomlar, mevalar, sharbatlarni iste`mol qilishlari tavsiya etiladi. Shu bilan birga yog`li hamirli xolestiringa boy, ya`ni qovurilgan, quyuq ovkatlar iste`mol kilish tavsiya kilinmaydi.

Yaxshi pishgan qovun po`stlog`ini salqin joyda quritib tuyib, suvda qaynatiladi va dokada suzib suvi ichiladi.
O`tda tosh bo`lsa, bir dona olxo`ri qoqiga ozroq zanjabil sharbati qo`shib qaynoq suv bilan ichiladi.
Bir bog` yangi kashnich barglarini 1 lirt suvga solib qaynatiladi. Sovutib o`tda tosh bo`lgan holatlarda, toshni eritish uchun ichiladi.



Umida Yakubova tayyorladi
Категория: Salomatlik va go'zallik | Добавил: MILLIONER (10.10.2016)
Просмотров: 1714 | Теги: O't pufagi xaqida savolarga javobla | Рейтинг: 5.0/5
Всего комментариев: 0