Insonning ishga layoqati to`g`risida qiziqarli dalillar
Biz qaysi vaqtda ishga chanqog`u, qaysi paytda dangasa bo`lamiz. Bu holat,albatta, har kimda har xil kechishi, tabiiy. Kunning turli vaqtlarida inson turli kayfiyatda bo`ladi. Demak, ishchanlik ham shunga qarab o`zgaradi.

Tongi 6dan -7gacha – “oyna”, bu vaqtda insonning xotirasi hamma paytdagidan yaxshiroq ishlaydi. Olingan barcha ma`lumotlar oson o`zlashtiriladi.

8dan 9gacha mantiqiy fikrlash ishga tushadi. Bu har qanday faoliyatni, ya`ni eslab qolish hamda tahlil qilishni amalga oshirish uchun qulay fursat.

9dan 10gacha axborotlar va statistik ma`lumotlar bilan ishlashning eng ma`qul vaqti.

11dan 12gacha aqliy faoliyat biroz susayadi. Bu paytda boshqa narsaga chalg`igan ma`qulroq. Masalan, musiqa eshitish mumkin.

11dan 14:00gacha tushlik uchun eng qulay fursat.

12:00dan 18:00gacha faol mehnat uchun eng yaxshi imkoniyat.

21:00dan 23:00gacha aql va asab tizimiga dam berish vaqti.

23:00dan 1:00gacha quvvat tiklanish jarayoni kechadi.

1:00dan 3:00gacha hissiy quvvatning tiklanishi kechadi.
Категория: Salomatlik va go'zallik | Добавил: MILLIONER (10.10.2016)
Просмотров: 1106 | Теги: Ishga layoqat va toliqish | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0