Yolg`izlikning sog`liqqa zarari to`g`risidagi 4 sabab
Olimlarning fikricha, o`zini yolg`iz his qilayotgan odam ruhiy muammolarga ko`proq duch kelar ekan. Ular yolg`izlikning sog`liqqa salbiy ta`sir ko`rsatishini tasdiqlaydi. Bu holatda asosiy e`tiborni quyidagi to`rtta jihatga qaratish kerak, deb yozadi Huffington Post. Og`ir ruhiy tushkunlik “O`zingizni qanchalik ko`proq yolg`iz his qilsangiz, ruhiy tushkunlik simptomlari shunchalik ko`payib boraveradi”, - deydi Pittsburg universiteti vakili Bryus Rabin. O`z haqingizda kam qayg`urish O`z haqingda qayg`urmaslik yoki buni istamaslik yanayam og`riqliroq holatdir, biroq ertami kechmi baribir o`sha tartibsizliklar keladi. Statistikaga ko`ra, yolg`iz odamlar kam pishirishadi, agar pishirishsa ham sog`lom ovqat bo`lmaydi. Shuningdek, yolg`izlarda jismoniy faollik juda tez tushib ketadi. Yurak-tomir kasalliklari O`tkazilgan ko`plab tadqiqotlar natijalariga ko`ra, bir o`zi yashaydigan odamlarning 24 foizida yurak kasalliklari uchraydi. Kuchsiz immun tizimi Ogayo shtati universiteti olimlari yolg`izlik immunitetni tushirib yuborishini aniqlashdi. Yolg`izlarda yallig`lanishga olib keluvchi protein ko`proq ishlab chiqariladi va natijada ruhiy tushkunlik kelib chiqadi. Xo`sh, nima qilish kerak? Birinchidan, inson jamoatchilik orasida bo`lishi kerak degan dalilga qo`shilishi zarur, chunki hech qachon mustaqil va o`zini-o`zini eplashi mumkin emas. Ikkinchidan, o`zingizga achinishni bas qiling va imkoni qadar ko`proq aloqaga kirishing. Ruhshunoslarning ta`kidlashicha, yolg`iz insonlar ko`p hollarda muloqotni o`zlari rad etishadi va buni sezishmaydi. Nihoyat, raqs, rassomchilik yoki har qanday to`garakka yoziling. Ana shunda atrofingizda doim insonlar bo`ladi. | |
| |
Просмотров: 1423 | |
Всего комментариев: 0 | |