Shifokorlar bir yil ovqatlanmagan bolaga tashxis qo`ya olmadi
Amerikalik 12 yoshli Lendon Jons ismli bola bir yil ovqatlanmasdan yashab, shifokorlarni qiyin ahvolga solib qo`ydi,

Lendon oxigi marta 2013 yil oktyabrida pissa va muzqaymoq iste`mol qilganidan beri hech narsa emaydi. Mahsulotlar hidini sezsa-da, ochlik va chanqoqlikni his qilmaydi.

Velosipedda sayr qilish va do`stlari bilan bog`da o`ynashni yoqtirgan serharakat bolaning hozirda 24 soat davomida boshi aylanib, ko`ngli ayniydi. Uning ota-onasi bolani davolash uchun AQShning turli shtatlaridagi 5 ta klinikaga bordi, hatto bir kasalxonadan 4 ming dollar qarz ham bo`lib qoldi. Lekin bolani davolashning iloji topilmadi.

«Biz bolani sinchiklab o`rgandik, biroq aniq bir tashxis qo`ya olmadik», — deb ta`kidladi 33 yillik malakaga ega bolalar nevropatologi Mark Patterson.
Категория: Salomatlik va go'zallik | Добавил: MILLIONER (10.10.2016)
Просмотров: 1095 | Рейтинг: 1.0/4
Всего комментариев: 0