Bo`yanishning 4 oltin qoidasi
1-qoida: Makiyaj ochiq kun yorug`ligi tushib turgan xonada qilinishi lozim. Sun`iy yoritish moslamalari ostida teri o`z rangini o`zgartiradi va bu bo`yanishda ortiqchalikka sabab bo`lishi mumkin.

-qoida: Makiyaj qilayotganda o`z rangingizga yaqin bo`lgan tonal kremlarni tanlang. Shuningdek, tush va ten tanlaganda yil fasllarini ham e`tiborga oling. Kuzda och tilla rangdan tortib, to`q jigarrang lab bo`yog`i tanlashingiz mumkin.

3-qoida: Aytishlaricha, kiyim kishiga zeb bersa, atir uning ichki olamini aks ettiradi. Atir hidi bilinar-bilinmas va engil bo`lishi kerak. Bu har qanday o`tkir hidli atirlardan ko`ra afzal. Har qanday holatda bir xil atir turidan foydalanib bo`lmaydi. Kechki bazmlarga mo`ljallangan atirni kundalik hayot uchun ishlatmang.

4-qoida: Makiyajda ham o`tkir, ko`zga tashlanuvchi bo`yoqlar tanlamang. Eng yaxshi makiyaj, bu — bor-yo`qligi bilinmagan, teriga tabiiylik berib turuvchi makiyaj.
Категория: Salomatlik va go'zallik | Добавил: MILLIONER (04.10.2016)
Просмотров: 1307 | Рейтинг: 2.6/5
Всего комментариев: 0