Mutaxassislar tetiklik uchun kuzgi parhezni ishlab chiqdi
Kuzda organizmga vitaminlar, quyosh nuri va endorfinlar etishmaydi. Shu bois hayot uchun zarur bo`lgan ushbu muhim komponentlar tanqisligini to`ldirish maqsadida biz ovqatni, ayniqsa, zararli oziq-ovqatlarni ko`p tanovul qila boshlaymiz. Amerikalik olimlar kayfiyat va qomatga zarar etkazmasdan ishtahani qondirishga yordam beruvchi optimal kuzgi parhezni ishlab chiqdi. Avvalambor, mutaxassislar e`tiborni to`g`ri nonushta qilishga qaratadi. Aynan ertalabki nonushta moddalar almashinuvini boshlab beradi va organizmni quvvat bilan ta`minlaydi. Kuzda va qishda nonushta to`yimli va issiq bo`lishi kerak.

Parhezchilar sovuq mavsumda ishtahani nazorat qilish uchun rasionga parranda go`shti, yog`siz mol go`shtini kiritishni tavsiya etadi. Ulardagi oqsil mushak massasini ushlab turadi, biroq organizmda yog` ko`rinishida yig`ilib qolmaydi. Kartoshkani ham bemalol iste`mol qilish mumkin: kraxmal uzoq vaqt hazm bo`lmay turadi va shu bois ancha vaqtga to`qlik hissini beradi. Bunda qaynatilgan yoki toblab pishirilgan kartoshkani iste`mol qilgan ma`qul.
Bo`sh paytda esa mutaxassislar obruch aylantirishni maslahat beradi. Buni hatto televizor ko`rayotgan paytda ham qilish mumkin. Bir soatlik mashqlar kaloriyalarning anchasini yo`q qilishga, pressni mustahkamlashga va qorinni tarang qilishga qodir.
Kuzda aromaterapiya juda foydali. Efir moylaridan nafas olish kayfiyatni ko`taradi, immunitetni mustahkamlaydi va ishtahani bo`g`adi. Xususan, limon, shirin aperlsin, greypfrut, mandarin, qarag`ay, kiparis kabi ignabargli daraxtlar va sitruslarning hidi moddalar almashinuvini tezlashtiradi hamda ochlik hissini kamaytiradi.
Yarim tungacha uxlashga yotish kerak. Bu paytda teri hujayralarining chuqur regenerasiyasi yuz beradi, organizm “go`zallik gormonlari”ni faol tarzda ishlab chiqara boshlaydi. Buning ustiga uyqu paytida organizm kun bo`yicha sarflangan kuchlarni tiklaydi.
Категория: Salomatlik va go'zallik | Добавил: MILLIONER (03.10.2016)
Просмотров: 1089 | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0