Depressiya dunyodagi eng xavfli kasallik sifatida tan olindi
200 dan ortiq kasallik va jarohatlarga oid ma`lumotlarni bir-biri bilan taqqoslagan ekspertlar, depressiya orqa elkadagi og`riqlardan keyin ishga layoqatsizlikning ikkinchi eng keng tarqalgan sababi ekanini aniqladi. Ularning so`zlariga ko`ra, depressiyani birinchi tartibdagi jahon muammosi sifatida baholash zarur.

Afsuski, depressiyaga uchragan kishilarning hammasi ham mutaxassis yordamini ololmaydi, chunki ishga layoqatsizlik nuqtai nazaridan qaralganida depressiyaning ta`siri mamlakatga qarab kuchli farqlanadi. Masalan, umumiy depressiya ko`rsatkichlari Afg`onistonda juda yuqori, eng past ko`rsatkich esa Yaponiyada. Kvinslend universiteti doktori Elize Ferrari bunga shunday izoh beradi: “Eng yomon vaziyatni aholi daromadi past va o`rtacha bo`lgan mamlakatlarda kuzatish mumkin. Aholisining daromadi yuqori bo`lgan mamlakatlarda esa ahvol yaxshiroq”.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti hozirning o`zidayoq dunyodagi ruhiy kasalliklarni davolash bo`yicha harakatlar rejasini tuzdi. Rasmiy tavsif bo`yicha, depressiya – bu keng tarqalgan ruhiy xastalik bo`lib, unga ma`yuslik, qiziqish va quvonchning yo`qligi, aybdorlik hissi va o`ziga past baho berish, uyqu va ishtahaning buzilishi, lanjlik va diqqat-e`tiborning yo`qligi xos.
Depressiya alomatlari surunkali yoki davriy bo`ladi. Ba`zida odam kundalik hayotdagi muammolarni engish qobiliyatini yo`qotadi. Depressiyaning og`ir shakli o`z joniga qasd qilishga olib kelishi mumkin.
Категория: Salomatlik va go'zallik | Добавил: MILLIONER (03.10.2016)
Просмотров: 1094 | Рейтинг: 1.7/12
Всего комментариев: 0