Odnoklassniki Haqida Qisqacha
Hozirda yoshlarimiz orasida Odnoklassnikini bilmaydigan odam bo'lmasa kerak. Ushbu maqolada shu sayt haqida ma'lumotlar berib o'tamiz.
________________________________________
Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog'i 2006-yilning 4-martida Alfred Popkov tomonidan yaratilgan. Hozirgi kunda ushbu tarmoqning 45 millondan ortiq foydalanuvchisi mavjud. Tarmoqning 2008-yil 1-choragidagi daromadi 3 millon 300 ming dollarga yetdi.
________________________________________
Odnoklasnikining bosh ofisi Moskva shaxridagi "Golden Telecom"da joylashgan.
________________________________________
2008-yil fevral oyida Britaniyaning I-CD kompaniyasi Alfred Popkovni mualliflik huquqini buzishda aybladi. I-CDaybnomasiga ko'ra, "Alfred Popkov 2005-yilgi iste'fosiga qadar I-CD kompaniyasining 192.com hamda Passado proyektlari ustida ish olib borayotgan ishchisi edi. Keyinchalik esa, Popkov huddi Passadoga o'xshash tarmoq yaratdi."
Biroq Alfred ushbu aybnomani rad etadi. Lekin 2009-yil noyabrda I-CD vakili Alasteyr Krauford Alfred Popkovni Londondagi qirollik sudiga berdi. Suddan so'ng, Popkov I-CD kompaniyasiga katta miqdorda jarima to'lashga majburbo'ldi.
________________________________________
Hozirgi kunda ushbu sayt bizning yoshlarimiz orasida ham urfda. Odnoklassniki.ru tarmog'i 6 ta tilda ish yuritmoqda. O'sha tillar orasida bizning O'zbek tilimiz ham borligi esa ayniqsa quvonarlidir!
Odnoklassnikining xozirda foydalanuvchilari soni 100millionga yaqinlashmoqda, Vkontakte tarmog'ining asosiy raqobatdoshi. Odnoklassniki asosan sobiq sovet mamlakatlarida mashxur. Bu tarmoqdan O'zbekistondan ham 2.5mlnga yaqin foydalanuvchi ro'yxatdan o'tgan (ushbu sonlar ko'paymoqda). Tarmoq Facebook, Vkontaktetarmoqlariga yetmasada Odnoklassnikining mobil versiyasi ko'pchilik foydalanuvchilarga hush kelgan va kelmoqda. Shuning uchundirki kundan-kunga ushbu tarmoq rivojlanib bormoqda. Shunday ekan bizningwww.MaxOK.Ru saytimiz ham shunga yarasha xizmat qilishga xarakat qiladi. Sizlarga yangidan yangi smayl kodlari, rasm kodlari va ajoyib odnoklassniki xizmatlarini taqdim etishda davom etadi. Saytda aktiv bo'ling va do'stlaringizni ham olib keling!
Ushbu maqolani tayyorlashda boshqa Internet Resurslaridan foydalanildi va o'zgartirish kiritildi!
Категория: Odnoklassniki sirlari | Добавил: StellJavlon (18.09.2014)
Просмотров: 11855 | Рейтинг: 1.6/58
Всего комментариев: 0