Asosiy rasm qo'yishda muammo
Ba`zida foydalanuvchilar bosh sahifalariga odamlar rasmidan boshqa rasmlarni qo`yishga harakat qilishadi. Misol uchun mashinalarni rasmi yoki sevimli video o`yinlarini qahramonlarini. Biroq bu rasmlarni bosh sahifaga qo`yib bo`lmaydi yoki qo`yilgandan so`ng ular olib tashlanib, avval bosh sahifada turgan rasm yana joyiga qo`yib qo`yiladi. Buning sababi, bosh sahifaga qo`ymoqchi bo`lgan rasmlaringizni har biri bir necha moderatorlar tomonidan real vaqtda tekshiriladi. Quyida Rasmlar moderatsiyasi qandey qilib amalga oshirilishi to`g`risida ma`lumot beriladi. Bonus shaklida Video moderatsiyasi ham tushuntiriladi. Rasm moderatsiyasi// Bosh sahifaga faqat o`zingizni rasmlaringizni qo`yishingiz mumkin va quyidagi rasmlarni qo`yish taqiqlanadi:
- san`at asarlari, predmetlar va hayvonlar rasmi;
- yulduzlar, mashxur insonlar va siyosatchilarning rasmlari;
- erotik va odamlarni kamsituvchi rasmlar;
- boshqa saytlarga manzil qo`yilgan rasmlar. Video moderatsiyasi// Odnoklassniki.ru saytiga yuklangan videolar moderatsiyadan o`tayotganda quyidagi videolar me`zonga ko`ra o`chirib tashlanadi:
- reklamalar (misol uchun saytlar reklamasi);
- har xil turdagi kamsituvchi yoki shunga urg`u beruvchi videolar;
- ochiq turdagi ero lavhalar;
- zo`ravonliklarni targ`ib qiluvchi videolar.
Категория: Odnoklassniki sirlari | Добавил: MILLIONER (19.06.2014)
Просмотров: 6286 | Теги: odnoklassniki.ru | Рейтинг: 1.0/23
Всего комментариев: 0