наверх
Категории
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Общение крафтеров
Статистика сайта
Онлайн всего: 12
Гостей: 12
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

Cristiano Ronaldo haqida
Shaxsiy maʼlumot

Toʻliq ismi Cristiano Ronaldo dos Santos Aveiro
Tavallud sanasi 5-fevral, 1985 (29 yosh)
Tavvalud joyi Funshal, Madeyra, Portugaliya
Boʻyi 185 sm
Laqab Ronny, Ron, Krishtina
Ampluasi qanotdagi yarimhimoyachi

Klub ma'lumoti

Joriy klub Real Madrid
Raqami 7

Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1993–1995 - CF Andorinha
1995–1997 - CD Nacional
1997–2001 - Sporting CP

Hayoti haqida haqiqat
Cristiano Ronaldo dos Santos Aveiro (talaffuzi: Krishtianu Ronaldu dush Santus Aveyru) — 1985-yilning, 5- fevralida tug'ilgan, Real Madrid futbol klubi va Portugaliya milliy futbol jamoasi uchun o'ynaydigan professional futbolchi. Futbol tarixidagi eng qimmat futbolchi — uning Manchester United futbol klubidan Real Madridga o'tishi 83 million funt sterlingga tushgan. Bugungi kunning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. 2011-yilda Ronaldo Real Madrid tarkibida mavsumni 53 ta
gol bilan yakunlab, klub tarixidagi bir mavsumda eng ko'p gol urgan futbolchi bo'ldi. Oltin butsa yutib, ikki turli chempionatda bu mukofotni qo'lga kiritgan birinchi sportchi bo'ldi.

Tarjimai holi
Cristiano Ronaldo Potugaliyaning Madeyra, Funshal shahrida tug'ilgan. Onasi — Maria Doloresdos Santos Aveiro, otasi — JoseDinis Aveiro. Ota-onasi uningismini AQSH prezidenti Ronald Reagan sharafiga qo'yganlar, chunki u otasining eng sevimli aktyori bo'lgan.

Dastlabki karyerasi
U uch yoshidan futbol o'ynaydi va olti yoshida boshlang'ich maktabga chiqqanida uning sportga bo'lgan muhabbati yaqqol ko'rina boshlanadi. Uning sevimli o'smirlar jamoasi Benfika klubi bo'lgan, lekin shunga qaramay keyinroq ularning raqibi Sportingga qo'shiladi. 8 yoshida u otasi murabbiy bo'lgan Andorinha jamoasi uchun to'p suradi, 1995-yili, atigi o'n yoshida Cristianu Ronaldoning shuhrati butun Portugaliya bo'ylab tarqaladi. Madeyraningikki yetakchi jamoalari, Maritimova Nacional u bilan shartnoma tuzishga qiziqib qoladilar. Kattaroq jamoa bo'lgan Maritimo, Andorinhaning menejeri Rui Santos bilan hal qiluvchi uchrashuvni qo'ldan boy beradi, va natijada Ronaldo Nacionalga qo'shiladi. Nacionaldagi yutuqlaridan so'ng Ronaldo Lissabonga otlanib uchkun vaqtinchalik Sportingda o'ynaydi, va natijada Sportingda qoladi.

Sporting

Ronaldo Sportingning Alcochete «futbol fabrikasi»da tayyorgarlik oʻtaydigan boshqa yosh oʻyinchilariga qoʻshiladi. Bu yerda u yuqori malakali maktabni oʻtaydi. Ronaldo oʻz debyutini Lissabon Sportingi uchun Moreirensega qarshi oʻyinida 2 gol urib boshlaydi. Shu jumladan u Portugaliya tarkibida UEFAning U-17 chempionatida toʻp suradi.

Uning UEFA U-17 chempionatlarida koʻrsatgan oʻyinlari dunyo futbolining nazarini tortadi. 16 yoshida u bilan Liverpul FKning menejeri Gérard Houllier qiziqib qoladi. Ammo, keyinchalik Liverpul uni rad etadi, chunki Ronaldo juda ham yosh edi va uning yetakchi futbolchi sifatida namoyon boʻlishi uchun koʻp vaqt talab qilinardi. Aynan shu paytda, 2003-yil yozida, Lissabondagi Alvalade XXI stadionining ochilish marosimi, Sporting Manchester Unitedni 3-1 hisobi bilan yutganida esa Ronaldo Ser Alex Fergusonning diqqatini tortadi. Ronaldo ikkala qanotda oʻynay olish qobiliyatini namoyish etadi. Matchdan soʻng Unitedning oʻyinchilari katta qiziqish bilan yosh isteʼdod haqida gapiradilar va kelajakda u bilan oʻz jamoalarida oʻynashni xohlashayotganini bildiradilar.

Manchester United

Ferguson yosh futbolchini oʻz jamoasiga qoʻshishni aniqlaydi, unga David Beckhamning Real Madridga oʻtib ketganidan soʻng oʻng yarimhimoyachi kerak edi; Cristianoni 2003-yili $12.24 millionga sotib oladilar. U Manchester United uchun debyutini 2003-yil 10-avgust Old Traffordda boʻlib oʻtgan Bolton Venderersga qarshi oʻyinning 60 daqiqasida maydonga zahiraga tushib boshlaydi. United ohirgi daqiqalarida 1-0 yutadi, bunda Ronaldo Ruud Van Nistelroy Jussi Jaaskelainendan olgan penaltini uradi. Shundan soʻng u Britaniya OAVlari tomonidan olqishlarga sazovor boʻladi.

Lekin uning barcha yutuqlariga va qadamlariga qaramay, Ronaldo bu raqamdan (7) kutilgan natijalarga erishishni hohlamaydi va boshlangʻich paytlarda Sportingda «kiygan» raqami — 28ni soʻraydi. Karrington tayyorgarlik maydonida boʻlib oʻtgan u bilan Ruud Van Nistelroy orasidagi kelishmovchiliklar ularning klubdagi rollari haqida juda ham koʻp mish-mishlarga sabab boʻldi. Ferguson esa 2010-yilgacha qoʻshilgan Ronaldoga katta umidlar bogʻlaydi. Ronaldo «Manchester Evening News» tomonidan shunday iqtibos qilinadi: «United meni qarashlarimni qattiq himoyalamoqda va men unga xuddi shunday yaxshilik bilan qarzimni uzmoqchiman».

Ronaldo oʻyinlar davomidagi harakatlari bilan koʻp muammolarga duch keladi. U Manchester Cityga qarshi oʻyinda maydondan chetlashtiriladi va 2005-yil dekabr UEFA Chempionlar Ligasi paytida Benfikaning muhlislariga korsatilgan «bir barmoqli harakat» uchun UEFA tomonidan keyingi oʻyinga tushirilmaydi. Portugaliya — Lyuksemburg doʻstlik uchrashuvida esa Ronaldoga Jeff Strasserni boʻynidan ushlab qoʻporuvchi harakatlari uchun sariq kartochka berilgan. Felipe Skolari unga Jahon Kubogi birinchiligida oʻz kayfiyatini ushlab turishni maslahat beradi.

2005-yilning 29-oktabrida Ronaldo Manchester Unitedning birinchilikdagi 1000-sonli golini uradi. Fevralda u ketma-ket 2 dubl gollar uradi, ikkitasini Fulhem bilan uydagi uchrashuvda, qolgan ikkitasini Fretton Parkda, Viganga qarshi oʻyinda uradi va birinchilikdagi gollari sonini 8taga yetkazadi. 2006-yil 26-fevralda Ronaldo Kardiff, Millenium stadionida Karling kubogi uchun kurashda yana Vigan bilan uchrashuvda darvozaga toʻp kiritadi va mavsumdagi gollari sonini 10taga yetkazadi.

U FIFPro Special tomonidan, muhlislar tanlovchi yagona unvonga — «2005-yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi» nomiga sazovor boʻldi. Shu jumladan u FIFAning 2005-yil oʻyinchilari reytingida 20-oʻrinni egallaydi.

Jahon Chempionatidagi mojaroga qaramay, Ronaldo Manchester Unitedning koʻpchilik muxlislari orasida sevimli oʻyinchilardan biri boʻlib qoladi. 2006-yil Jahon Chempionatidan soʻng ingliz birinchiligining dastlabki oʻyinida Manchester United muhlislari tribunalarning har hil joylaridan aniq-tiniq «faqat Ronaldo birinchi» degan qoʻshiqni tinglaydilar. Bu vaqtda Manchester United Fulhem FK ustidan 5-1 hisob bilan gʻalaba qozonadi.

Oʻshandan buyon, BBCning habar berishicha Ronaldo Manchester Unitedni boshqa tark etishni hohlamaydi va klubga qaytishdan bahtiyor.

U Berkleyning 2006-yil noyabrdagi eng yaxshi oʻyinchisi unvoniga sazovor boʻldi.

2006-yil dekabrida Ronaldo liganing 3 oʻyinida 6ta gol urib, oʻzining hisobini 12ta golga yetkazadi va Unitedning eng muhim oʻyinchilaridan biriga aylandi. U Vigan Atletik bilan uchrashuvning ikkinchi yarmida zahiradan oʻyinga tushib, shu zahotiyoq bir necha daqiqa ichida 2 gol urib matchga yakun yasaydi. Manchester Unitedning treneri Ser Alex Ferguson portugal bilan uning shu mavsumda 15ta gol ura olishi haqidagi parisini yutqazdim deydi. Skott shunday deydi: «U uchun hursandman, chunki unga juda qiyin boʻldi. U oʻyinni koʻzini biladi. Uning toʻp bilan oldinga oʻta olishi bu mavsumda unga qoʻl keldi. Bu uning yetilganligini koʻrsatdi. U eng zoʻr boʻldi va kelajakda bundan ham oshadi».

Xalqaro karyerasi

Ronaldo xalqaro debyutini 2003-yil avgustda, Qozogʻistonga qarshi oʻyinda qildi. U 2004-yil Yevropa chempionatini ochib beruvchi matchda Portugaliya Yunonistonga 1-2 yutqazganida yagona golni va yarimfinalda Gollandiyani 2-1 yutishganida birinchi golni uradi. Final esa ochib beruvchi oʻyinning revanshi kabi boʻlib, bu gal ham Gresiya gʻolib boʻlib chiqadi.

2004-yilgi Olimpiya oʻyinlarida Ronaldo Portugaliya uchun oʻynaydi, va FIFA jahon kubogida Yevropa mintaqasi boyicha 7 gol bilan ikkinchi yuqori natijani koʻrsatadi. 2005-yil 17-iyungacha Portugaliya tarkibida 25 oʻyin ichida 11ta gol uradi.

Jahon Kubogi uchun musobaqada Ronaldo oʻzining birinchi golini Eronga qarshi uchrashuvda penaltidan uradi.

Yevropa chempionlar ligasi 2007-2008 yilgi mavsumining oltin medali sohibi.

Angliya premyer ligasi 2007-2008/2008-2009 yilgi mavsumlarning oltin medali sohibi.

Jahon Chempionatidagi voqea


2006-yil 8-iyun kuni, Jahon Chempionati-2006 doirasidagi Angliya va Portugaliya oʻrtasidagi chorak-final uchrashuvida Unitedning oʻyinchisi Wayne Rooneyning maydondan chetlashtirilishidan soʻng, ingliz OAVlarida Ronaldoning Rooneyga qizil kartochka berilishiga sababchi ekanligi haqida muhokamalaridan soʻng, Ronaldo jurnalistlarga, Manchesterda oʻynash uchun unga mihit toʻgʻri kelmasligi sababli ketishini aytadi.

«Men oʻz agentimga ketishga tayyorligimni aytdim. Men buni mumkin boʻlgan eng yaxshi yoʻl bilan qilmoqchiman. Men Real Madrid tarkibida oʻynamoqchiman», — goʻyoki Ronaldo ispan sport gazetasi «Daily Marca»ga shunday deydi.

9-iyulda, u Portugaliyaning TV kanali SICga haqoratlarni, nega unga qarshiliklarni tushuna olmayotganini aytadi. Ronaldo Portugaliya Angliyani xonavayron qilganida haq yoʻl tutganini, va oʻz yurti bayrogʻini himoya qilgani uchun haqoratlanishi mumkin emasligini eʼlon qiladi. U odamlar uni yomon koʻradigan joyda yashay va ishlay olmasligini aytadi, va Angliyani qanchalik tezroq tark etsa shunchalik hursand boʻlishini qoʻshib qoʻyadi.

Bir necha axborot manbalari Cristiano Ronaldoning Manchester Uniteddan ketishi yaqin, deb hisoblashadi. Lekin Ronaldo Unitedda qolishni tanlaydi. Uning qaroriga Ser Alex Fergusonning hissasi katta. U yordamchisi Carlos Queirozni Portugaliyaga yosh futbolchining hayollarini oʻzgartirish uchun yuboriladi, va jamoadoshi Ueyn Runi Ronaldodan komandani tark etmaslikni va boʻlib oʻtgan kelishmovchiliklarni unutishini soʻraydi.

12-iyul kuni United «Klub Cristianoni sotilishini hayoliga ham keltirmaydi. Yaqinda Cristiano 2010-yilgacha boʻlgan shartnomaga imzo chekdi va klub bunga juda ham gʻururlanmoqda. Klub Cristianoga boʻlgan hamma takliflarni rad etadi», degan eʼlon beradi. Va 17-iyul kuni Ser Aleks Fergyuson: «Cristiano orqaga qaytadi», — deydi, xuddi shu paytda Chelsining treneri José Mourinho: «Agar u Angliyada qolsa, men u vaziyatlarni orqaga qaytara oladi deb oʻylayman», — deydi. Cristiano Ronaldo barcha muammolar hal etilganidan soʻng Unitedga qaytadi.

Angliya insidentidan soʻng Ronaldoga ingliz ommaviy axborot vositalari «hujum» qilishadi. «The Sun» uning suratini, 1998-yilgi Jahon Chempionatidan soʻng «Daily Mirror» chiqazgan David Beckhamning rasmi kabi, darts nishoni qilib chiqaradi.

Ronaldo Rooney uning doʻsti ekanligini va unga qizil kartochka koʻrsatishga harakat qilmaganligini aytadi. Rooney esa, men Cristianoga yomon hislarni tutmayman, ammo uning bunga aralashganidan ranjidim, deydi.

Wayne Rooneyning Jahon Chempionligining chorak-finalidagi maydondan chetlatilishi FIFAning tartiblik komissiyasi tomonidan oʻrganilib chiqib, unga 5,000 shveysar franki ($2,207) miqdorida jarima solinadi va Rooney ikki match davomida oʻyinga tushish huquqidan mahrum etiladi.

Matchdan soʻng Ronaldo Real Madrid u bilan qiziqib qolganligi haqidagi mish-mishlarni tasdiqlaydi, va hozir, yozgi transferlar paytida ispan klubiga yoki boshqa klubga oʻtishga moyilligini aytadi.

5-iyul, Fransiyaga qarshi yarim-final oʻyinda, Portugaliya 1-0 hisob bilan yutqazganda Ronaldo har gal unga toʻp tekkanida ingliz va fransuz tomoshabinlari tomonidan uzoq hushtaklarga tortiladi. Uchrashuv ohirida u koʻp vaziyatlarni oʻtkazib yuborganligi uchun magʻlubiyatga uchraganiga koʻz yosh toʻkadi. U match davomida eng yaxshi oʻyinchilaridan biri deb hisoblanishiga qaramay, ayrim OAVlar Ronaldoni (va yana bir nechta jamoadoshini) simulyatsiyada ayblaydilar. Shunga oʻxshash ayblovlar yana boʻlib oʻtadi va Ronaldo Angliya Chempionatida koʻplab haqoratlanadi. Eng Yaxshi Yosh Oʻyinchi onlayn tanlovida Ronaldo ikkinchi oʻringa tushib ketishidan ozgina oʻtib, BBC Sport bu qisman Angliyaning e-mail kampaniyasi orqali boʻlganini, odamlarni Ronaldo gʻolib boʻlmasligi uchun Luis Valensiyagaovoz berishga undalganligi haqida habar beradi. Agar tanlov noqonuniy deb sanalganida ham, FIFAning Maxsus Oʻrganish Guruhi Germaniyaning gʻururi Lukas Podolskini taqdirlaydi.

Shaxsiy hayoti

Uning otasi Dinis Aveiro 2005-yil 7-sentabrda vafot etadi.[8] Bu payt, xabarni eshitgan Ronaldo atigi bir-ikki soatdan keyin Jahon Chempionatining saralash bosqichi doirasida oʻtayotgan Rossiyaga qarshi oʻyinga chiqadi. U Ser Alex Fergussondan Manchester Unitedning Manchester Sitiga 10 sentyabr kungi uchrashuvini oʻtkazib yuborishlik bilan mukofotlanadi. Hamda, u oʻzini Manchester Unitedning UEFA Chempionlar Ligasidagi navbatdagi uchrashuvi Villareal FKga qarshi oʻyiniga chiqishini aytadi.

2005-yil oktabrda Ronaldo va yana bir kishi politsiya tomonidan seksual zoʻrlashda ayblanadi. Ronaldo ayblovni tan olmaydi va qirollik politsiyasi uni aresti uchun faktlar yetarli emasligini aytadi.

Cristiano avvaldan Merche Romero (ispan TVsining Portugaliyada ishlaydigan xodimi. Ajrashgan, Ronaldodan 9 yosh katta) bilan bogʻliq edi; u portugal matbuotida Ronaldoga erga tekkan, deyilgandi, lekin Ronaldo bu haqida hech narsa demagan, chunki u har doim oʻzining shaxsiy hayotini professional hayotidan ajratgan. Keyinroq, portugal ommaviy axborot vositalari ularning ajralganligi haqida xabar beradilar. Ammo na Cristiano, na Merche bu haqda qandaydir mulohaza qoldiradilar; shunga qaramay bir jurnalist ispan OAVlariga munosabatlar yakuniga yetganini va Merche bir oʻzi qolganini aytadilar. 20-sentabr 2006-yil esa Merche Cristiano bilan ajralganligini tasdiqlaydi.

Ronaldo shuningdek ingliz modellari Alice Goodwin[9] va Gemma Atkinson bilan uchrashib yurgan, 2010-yil boshidan esa u rus modeli Irina Shayk bilan uchrashmoqda.[10]

2010-yil avgustida Ronaldo Facebook'da 10 million muxlis yigʻib, bunday muvaffaqiyatga erishgan ilk noamerikalik boʻldi.[11]
Категория: Futbolchilar | Добавил: ADMINISTRATOR (18.06.2014)
Просмотров: 11955 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1.0/10
Всего комментариев: 1
avatar
1 raxm2015 • 12:50, 09.09.2015
psj real madrid 18 sentyabr
avatar