Yuragingdan ismim o'chir
Yuragingdan ismim o'chir
Sevging o'zga dilga ko'chir
Aldolmasman borim shudir
Kechir seni sevolmayman

Shaxzodang menmas axir
Mendan chiqmas hech Toxir
Qancha she'r yozay axir
Kechir seni sevolmayman

Men sevgining qotiliman
Azoblarning chin yoriman
Sevgi bilmas to'poriman
Kechir seni sevolmayman

Sevding nimam ey go'zalim
Zo'rmasman ham yo'q bilagim
Bilgin axir muz yuragim
Kechir seni sevolmayman

Taqdir bilan qo'y olishma
Sevsin meni deb yulishma
Qiz bolasan ko'p talashma
Kechir seni sevolmayman

Yolvoraman topgin baxting
Sevmayman deb aytkin axting
Do'stlar siz ham unga ayting
Kechir seni sevolmayman

Mana tamom Xasan she'ri
Bir ovloqdur yashash yeri
Baxt tilayman kelma beri
Kechir seni sevolmayman..!!!
Категория: SMS Sevgi sherlari | Добавил: MILLIONER (25.03.2018)
Просмотров: 1642 | Теги: Yuragimdan | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0