Taqib etayapti jilg'alar meni
Taqib etayapti jilg'alar meni,
Qo'shilib oqsaydim shodliklaringda.
Bor bo'lgim keladi azizim seni,
Borlig'imni yutgan borliqlaringda.

Hajringmas!
Havfingmas!
Haddingda yondim,
Ko'zim akslandimi bulutlaringda,
Keladi yot emas, yod bo'lib qolgim,
Yurak qabringdagi unutlaringda.

Zor qolgan edimmi, zog'lar kuyiga,
Kuylandim armonli alyorlaringda.
Xoh ista istama bir bor kuniga,
Chertilib turaman dil torlaringda.

Ishq ehromin yutib bo'ldimi sahro,
Oq bayroq ko'tardim jangohlaringda.
Menku qolmoq edim, qotmadim, ammo,
Oh ursang oqaman oh vohlaringlarinda.

Jilg'alar taqibi qiladi taqiq,
Qo'shilmoq gunohdir ul soylaringa.
Ammo, tug'iladi o'rinli hadik,
Unaman, ko'karib dil joylaringda!

Sovrilib boryotgan lahzalar haqqi,
Izn yo'q, ismim yo'q hayotlaringda.
Men qoqilgan toshdan olganda dakki,
Qaddim rostlanadi hayollaringda.

Faqat...
Bo'shliq meni yutgan bo'ladi,
Butlanib ketadi "Senli" kam ko'stim.
Kun kelib "Men" desang ko'ksing to'ladi,
Shunda ko'nglinga de:
--Gapirma, tish-sh jim-m!
Категория: SMS Sevgi sherlari | Добавил: MILLIONER (16.08.2019)
Просмотров: 637 | Теги: Taqib, etayapti, jilgalar, Meni | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0