наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 23
Гостей: 23
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

Sizga ehtiyojim yo'q Sevib bo'ldim
Sizga ehtiyojim yo'q,
Sevib bo'ldim Sizsiz o'limni.
Yana ming yil yashasangiz ham,
Tushunmaysiz mening ko'nglimni.

Kutmang,
Sizga bermayman ortiq,
Umrimning bir lahzasini ham,
Yuragimni yulib tashlayman,
Azoblarga topaman chidam!

Hechqisi yo'q,
Yashab ketaman!
Sizdan yorug', sizdan balandroq.
Nasib ekan so'ngsiz o'limni
Tirik murda bilan ko'tarmoq.

Nima qilay,
Shunday Ayolman,
Tabiatan va yoki dilan:
Sevsam juda qattiq sevaman,
Ruhim, jismim, hayotim bilan!

Nomingizga qo'shilib o'sdim,
Har kun,
har tun mahrum va badar.
Men sizniki bo'lib yashadim,
Bilsangiz, to shu kunga qadar!

Ammo bildim.
Siz butkul boshqa!
Buloqdirsiz-sokin va beg'am.
Anglamaysiz, bir kuni aytmay,
Poyingizda suvsab o'lsam ham.

Yo'q, bu ishqni ko'tarolmaysiz,
Sizni ezar tahqir va ta'qiq.
Bu dunyoda eng go'zal sevgi,
Hamisha xor, mahkum, mustahiq!

Keting,
Sizga ehtiyojim yo'q!
Sevsam endi sevgum O'lumni.
Yana ming yil yashasangiz ham,
Tushunmaysiz mening koʻnglimni...
Категория: SMS Sevgi sherlari 2018 - 2019 | Добавил: ADMINISTRATOR (03.09.2019)
Просмотров: 42 | Теги: Yoq, Sevib, sizga, boldim, ehtiyojim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar