O'z-o'zimga begonaman bu ishqni deb,
O'z-o'zimga begonaman bu ishqni deb,
vaslingizga yetolmadim sizni sevib
orzu-xayolingiz ayting
bilmam neda
sevgim qadrin bilmadingiz ey shoxida.

Yo bir marta ranjitdimi ayting axir?
Javobi yo'q bu savollar buncha og'ir,
Xudoyberdi ishq-muhabbatning dog'ida
sevgim qadrin bilmadingiz ey shoxida.

Xayot atalmish maktabdan ibrat oldim,
Laylisidan ayrilgan majnun ham bo'ldim;
qarog'ingiz meni qiynar firog'ida
sevgim qadrin bilmadingiz ey shoxida.

bevafoyim muhabbatim uvol qilib
Kim-kimlarni O'zingizcha yaqin bilib
Qalbingizni bo'lmadimda ardog'ida
sevgim qadrin bilmadingiz ey shoxida.

Xech chiqmaydi xotiramdan o'tgan kunim.
Rohat farog'at bo'lsa-da, bugunim.
eslarmisiz xech bo'lmasa goh-gohida,
sevgim qadrin bilmadingiz ey shoxida.

afsuslarki bevafoni sevibmiz biz,
dimog'i osmonda ekan o'sha qiz
tig' Qadalgan kuygan yurak guvohida
sevgim qadrin bilmadingiz ey shoxida...

Xudoyberdi To'ychiyev
Категория: SMS Sevgi sherlari | Добавил: MILLIONER (08.12.2018)
Просмотров: 1960 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0