Majnuntolning novdalari,
Majnuntolning novdalari,
Mening baxtim gavdalari.
Aytsam ado bo'lmaydi-yo
Boshginamning g'avg'olari..

Ko'ngil qo'yib bevafoga,
Men aylandim bir gadoga.
Voh, yig'lasam ko'zda yoshim
Sig'may ketdi Sirdaryoga...

Yorga yetmas qo'lim cho'zsam,
Yo'llari ko'p yo'lin to'ssam.
Kuydirsin-o dudog'ini
Bog'lardagi so'nggi bo'sam...

Ketsa mayli janon ketar,
Janon bilan shu jon ketar.
Dilmurodning armonlari
Bo'ylar cho'zib osmon o'par...
Категория: SMS Sevgi sherlari | Добавил: MILLIONER (16.08.2019)
Просмотров: 625 | Теги: novdalari, Majnuntolning | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0