Kefir solib pishirilgan oddiy keks
Yo’nalishlar

Agarda siz ichiga har qanday mahsulotdan solish mumkin bo’lgan universal keks retseptini qidirayotgan bo’lsangiz, unda bu retseptimiz aynan siz uchun!

Mayin va mazali ta’mli keks yosh-u qariga birdek yoqishi aniq.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 18 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
1 949
Masalliqlar:
230 gramm kefir
0.5 choy qoshiq iste'mol sodasi
160 gramm sariyog'
1 dona tuxum
200 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
320 gramm un
Qadam 1
Tugllandi

Kefirga iste'mol sodasini solamiz, aralashtirib, biroz ko'pirishini kutamiz.
Qadam 2
Tugllandi

Sariyog'ni eritib, sovutib olamiz.
Qadam 3
Tugllandi

Kefirga tuxum va shakarni solamiz. Aralashtirib olamiz. So'ng oz-ozdan un solamiz.
Qadam 4
Tugllandi

Sovigan sariyog'ni solib, silliq holatga kirgunicha aralashtirib olamiz.
Qadam 5
Tugllandi

Xohishga qarab xamirga yong'oq, mayiz yoki shokolad solishimiz mumkin.
Qadam 6
Tugllandi

170 C darajada qizigan pechda 45-50 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Qadam 7





Tugllandi

Xohishga qarab keks ustidan shokoladli glazur quyamiz yoki shakar upasi sepamiz.

Yoqqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Категория: SMS Sevgi sherlari | Добавил: MILLIONER (03.09.2019)
Просмотров: 1243 | Теги: solib, oddiy, Kefir, pishirilgan, keks | Рейтинг: 4.2/4
Всего комментариев: 0