Baxt-u iqbol
Baxt-u iqbol zafarlar quchdim,
Ota-onam duosi bilan,
tangrim yuzim yoriq qildi lek,
Og'a-inim do'st bo'lmadilar.

Quvonsam gar, xafa bo'ldilar,
ranjisam gar xandon kuldilar,
Begona ham do'stim bo'ldilar,
Og'a-inim do'st bo'lmadilar.

Yuksak marra quchgan chog'imda,
G'iybat otdi, yo'qlik chog'imda
ko'rganlar ham qoldilar dog'da
og'a-inim do'st bo'lmadilar.

Qancha jonim kuydi bo'lmasa,
Qiyin ekan anglab yetmasa,
Naxot zarra qadrim bilmas-a?
og'a-inim do'st bo'lmadilar...

Begonani senla ishi yo'q
O'zingniki o'zak uzarkan,
Joningdan ham o'tib ketarkan,
Og'a-inim do'st bo'lmadilar.

Xudoyberdi To'ychiyev
Категория: SMS Ota-Ona haqida sherlar | Добавил: MILLIONER (08.12.2018)
Просмотров: 1079 | Теги: Ota, ONA | Рейтинг: 5.0/14
Всего комментариев: 0