Nega unutolmayman
Nega unutolmayman...
Ko'zyoshlarim yomg'irdek yog'ar,
Dardim ichga yuta olmayman.
Borgan sari vujudim muzlar,
Nega seni unutolmayman.
Qachongacha qilayin sabr,
Bir jonimga ming bitta jabr.
Tugaganku hammasi ahir,
Nega seni unutolmayman.
Ayro bo'lgan biz yurgan yo'llar,
Bir-biriga begona dillar.
O'tdi qancha oradan yillar,
Nega seni unutolmayman.
Nahot umrim sen bilan bog'liq,
Yurak yig'lar ovutolmayman.
Qiynalyabman bilsang nechog'lik,
Nega seni unutolmayman.
Ahir so'ngi so'ngi so'zlar aytildi,
Vidolashdik ortga qaytildi.
Begonamiz butunlay endi,
Nega seni unutolmayman.
So'nib borar bu xasta yurak,
Imkon izlab bo'ldim jonsarak.
Yana qancha og'riqlar kerak,
Nega seni unutolmayman.
Shuncha yillar halovat bilmay,
Yig'lar yurak menga buysinmay.
Urindim ko'p diya unutay,
Nega seni unutolmayman.
Avvalgidek sevaman hamon,
Bari bo'lgan bo'lsada tamom.
Unutdingku sen meni oson,
Nega seni unutolmayman
Har soniya seni eslayman,
Takror takror isming so'zlayman.
Shu savolga javob izlayman,
Nega seni unutolmayman
Категория: SMS Ayriliq | Добавил: MILLIONER (16.08.2019)
Просмотров: 891 | Теги: Unutolmayman, Nega | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0