«Qush uyasi» salati – sinalgan retsept!
Zarur masalliqlar: 300 grammdan qaynatilgan tovuq go‘shti va qovurilgan kartoshka, 150 grammdan tuzlangan bodring va pishloq, 12 dona qaynatilgan bedana tuxumi, 3 dona qaynatilgan tuxum, mayonez, shivit, tuz. Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan tovuq go‘shti, tuxum, tuzlangan bodring va pishloqni somoncha shaklida to‘g‘rang. 2. To‘g‘ralgan masalliqlarga tuz va maoynez solib, aralashtiring. Salatni 4 ta salat likopchasiga soling. 3. Salat yuzasiga qirg‘ichdan chiqarilib, qovurilgan kartoshkani qush uyasidek qilib joylashtiring-da, shivit bilan bezatib, 3 donadan qaynatilagn bedana tuxumini qo‘ying. 4 kishilik 30 daqiqa. | |
| |
Просмотров: 1204 | | |
Всего комментариев: 0 | |