«Qush uyasi» salati — ko‘rinishi va mazasiga gap yo‘q!

Zarur masalliqlar: 400 gr. kartoshka, 200 gr. tovuq go‘shti, 3 ta sabzi, 1 bog‘dan ko‘k piyoz, petrushka, kashnich va ukrop, 3 dona tuxum, 1 bog‘ salat bargi, mayonez, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Tovuq go‘shti, sabzi va kartoshkani somoncha shaklida, piyozni halqalab to‘g‘rang. Keyin har birini alohida o‘simlik yog‘ida qovurib oling. Tuz sepishni unutmang.

2. Salat barglarini likopchaga solib, chetlarini ko‘tarib chiqing. Ichiga birinchi tovuq go‘shti, keyin sabzi, kartoshka, piyoz soling. Mayonez ham soling.

3. Tuxumlarni qaynatib, arching. Oqidan sarig‘in ajrating. Oqini somoncha shaklida to‘g‘rab, salatga soling. Sarig‘ini ikki bo‘lakka ajartib, salatning ustidan qo‘ying. Mayonezga maydalangan ko‘katlardan solib, salat yuzini bezating.

Категория: Salatlar Retsepti | Добавил: MILLIONER (06.09.2018)
Просмотров: 1650 | Теги: salat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0