наверх
Новие фото

Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi

Общение крафтеров
Статистика сайта
Онлайн всего: 72
Гостей: 71
Пользователей: 1
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

Qishga hozirlik ko‘ramiz! Baqlajondan 5 ta retsept

1. Pomidor sharbatidan…
Baqlajonni (2 kg) o‘zagidan ajratib, dumaloq halqa shaklida to‘g‘rang va ustidan tuz sepib, 15 daqiqaga qoldiring. So‘ng o‘simlik yog‘i solingan tovada qizartiring. Alohida tovaga o‘simlik yog‘i (200 gr)dan solib, mayda to‘g‘ralgan 2 ta piyoz, qirg‘ichdan chiqarilgan 2 ta sabzi va maydalangan qalampir (3 ta)ni qovuring. So‘ng ustidan pomidor sharbati quyib, tuz namagini rostlang-da, 10 daqiqa qaynating. Sterillangan bankalarga bitta dafna bargi va to‘g‘ralgan ko‘katdan solib, ustidan baqlajon va halqa shaklida to‘g‘ralgan pomidorni (2 kg) tering. Ketidan sabzavotli qayladan quyib, bankani to‘ldiring. Qopqog‘ini yopib, 15 daqiqa bug‘li vannada qaynating.

2. Sabzi qo‘shilgani…
Chayilgan baqlajon (2 kg)ni uzunasiga paraklab kesing va o‘simlik yog‘i solingan tovada qizartiring. 1 kg sabzini uzun somoncha shaklida to‘g‘rab, 200 gr maydalangan sarimsoq piyoz, 4 osh qoshiqdan o‘simlik yog‘i va sirka bilan aralashtiring. Sterillangan bankalarga 5-6 bo‘lak baqlajonni solib, ustidan sabzili aralashmani to‘ldiring. Qopqog‘ini yopib, 15 daqiqa bug‘da ushlang-da, so‘ng berkiting.

3. Mayonezli salat
1 kg baqlajonni o‘rtacha kattalikdagi to‘rtburchak shaklida to‘g‘rab, o‘simlik yog‘i solingan qozonda 15 daqiqa qovuring. 2 bosh piyozni mayda to‘g‘rab, alohida tovada qizartiring. Ikkala qovurmani bir-biri bilan aralashtirib, bir tutam ezg‘ilangan sarimsoq piyoz va bir bog‘ to‘g‘ralgan shivit qo‘shing. Tuz va murch solib, 6-7 osh qoshiq mayonez aralashtiring. Salatni sterillangan mayonez bankasiga joylab, muzlatgichda saqlash mumkin.

4. Pashtet
Mayda to‘g‘ralgan 2 ta piyozni 50 gr o‘simlik yog‘ida qovuring. Baqlajonni o‘zagidan ajratib, 15-20 daqiqa tuzli suvda qaynating. So‘ng tozalangan qizil bulg‘or qalampiri (1,5 kg), pomidor (2 kg) bilan birga go‘sht qiymalagichdan o‘tkazing. Barcha masalliqlarni qozonga solib, tuz namagini rostlang-da, quyulgunicha qaynating. Tayyor bo‘lgach, ozroq sovutib, blenderdan o‘tkazing va sterillangan mayonez bankalariga joylang.

5. Oq loviyadan…
Oq loviyani bir kun avval sovuq suvda ivitib qo‘ying. Ertasiga suvidan ajratib, pishgunicha qaynating. 2 cho‘mich o‘simlik yog‘i solingan qozonga go‘sht maydalagichdan o‘tkazilgan pomidor (1,5 kg) va 200 gr sarimsoq piyoz soling. Qaynab chiqqach, 1 osh qoshiq shakar, 2 osh qoshiq tuz va 100 ml sirka qo‘shing. So‘ng qaynayotgan masalliqqa qirg‘ichdan chiqarilgan sabzi (0,5 kg), to‘rtburchak shaklda to‘g‘ralgan baqlajon (2 kg) va qizil bulg‘or qalampiri (0,5 kg) ni qo‘shib, aralashtiring. 30 daqiqa o‘rta olovda qaynagach, pishgan loviya bilan birga yana 20 daqiqa qaynating. So‘ng sterillangan bankaga solib, qopqog‘ini mustahkamlashingiz mumkin.

Категория: Salatlar Retsepti 2018 | Добавил: ADMINISTRATOR (06.09.2018)
Просмотров: 66 | Теги: salat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar