Pishirilgan kartoshkadan ajoyib salat
Oddiy masalliqlardan tayyorlaniladigan juda oddiy, ammo juda mazali salat retseptini sizlarga ham taqdim etamiz. Bu salatga solinadigan aralashma shu darajada lazzatliki, uni bemalol boshqa salatlarga solishga ham tayyorlashingiz mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
3 073
Masalliqlar:
300-400 gramm kartoshka
150 gramm bulg'or qalampiri
100 gramm konservalangan makkajo'xori
100 gramm pomidor cherry
1 bosh qizil piyoz
1 bog' kashnich
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq zira
Aralashmasiga:
1 choy qoshiq olma sirkasi
1 dona limon sharbati
1 osh qoshiq asal
1 choy qoshiq xantal
4 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 osh qoshiq mayonez
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Gaz pechini 220 C darajaga yoqib qo'yamiz.
Qadam 2
Tugllandi

Kartoshkani tozalab, 2x2 sm kattalikda to'g'rab olamiz, gaz pechi patnisiga solamiz. Ustidan tuz, murch, zira, paprika va 1 osh qoshiq o'simlik yog'ini solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.
Qadam 3
Tugllandi

220 C darajagacha qizigan pechda 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Qadam 4
Tugllandi

Qizil bulg'or qalampirini to'rtburchak, pomidorni teng ikkiga, kashnich va qizil piyozni esa mayda qilib to'g'rab olamiz. Limon sharbatini siqib, alohida idishga solamiz.
Qadam 5
Tugllandi

Salatga aralashmani tayyorlab olamiz: limon shabati, to'g'ralgan kashnich yarmini, yog', sirka, xantal va mayonezni solamiz. Tuz va murch sepib, aralashtirib olamiz.
Qadam 6
Tugllandi

Kattaroq idishga pishgan kartoshka, makkajo'xori, bulg'or qalampiri, pomidor, qolgan kashnichni solamiz, ustidan aralashmani quyib, yaxshilab aralashtirib olamiz.
Категория: Salatlar Retsepti | Добавил: MILLIONER (24.05.2019)
Просмотров: 1082 | Теги: salat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0