Pekin karami va tovuq filesidan tayyorlangan salat
Yo’nalishlar

Pekin karami va tovuq solib tayyorlangan salat – tez va oson tayyorlaniladigan salat bo’lib, asosiysi qomatingiz uchun umuman zararsiz hamdir.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 18 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
2 589
Masalliqlar:
250 gramm tovuq go'shti (lahm)
150 gramm pekin karami
100 gramm bodring
100 gramm pomidor cherry
100 gramm konservalangan makkajo'xori
120 gramm bulg'or qalampiri
1/2 choy qoshiqdan tuz va murch
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugllandi

Tovuq go'shtini tuzli suvda qaynatib olamiz, sovutib, katta-katta to'g'rab olamiz.
Qadam 2
Tugllandi

Karamni ham o'rtacha kattalikda to'g'rab, tog'orachaga solamiz.
Qadam 3
Tugllandi

Pomidor va bodringlarni ham o'rtacha kattalikda to'g'rab olamiz.
Qadam 4
Tugllandi

Bulg'or qalampirini dumchasi va urug'chalaridan tozalab, somoncha shaklida to'g'rab chiqamiz.
Qadam 5
Tugllandi

Makkajo'xorini suvini to'kib tashlab, tog'orachaga solamiz. Tuz va murch sepib, o'simlik yog'ida quyamiz.

Aralashtirib olamiz va likopchaga solib, dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Категория: Salatlar Retsepti | Добавил: MILLIONER (24.05.2019)
Просмотров: 874 | Теги: salatlar | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0