Organizmni tozalovchi 7 xil salat!

Issiq mavsumda yog‘li, qattiq qovurilgan taom va yeguliklar oshqozonga og‘irlik qilishi mumkin. Bu vaqtda asosan yengil hazm bo‘luvchi salatlar tavsiya etiladi. Quyida tez tayyorlanadigan, foydali, me’da va ichaklarni tozalaydigan salat retseptlari bilan tanishtiramiz.



MASALLIQLAR MIQDORINI OILA A’ZOLARINING SONIDAN KELIB ChIQIB o‘zingiz belgilaysiz.



Karam+lavlagi



Tarkibi: karam, qizil lavlagi, sabzi, limon sharbati, o‘simlik yog‘i, pichoq uchida tuz.



Tyyorlanishi: Barcha masalliqlar xomligicha ishlatiladi. Sabzavotlarni somoncha shaklida to‘g‘rab, tuz, limon sharbati va o‘simlik yog‘i bilan aralashtirsangiz kifoya.



Lavlagi+olma



Tarkibi: lavlagi, olma, sabzi, o‘simlik yog‘i, tuz, shakar.



Tayyorlanishi: Masalliqlarni qirg‘ichning yirik tishidan o‘tkazamiz. So‘ng tuz, shakar va o‘simlik yog‘i bilan aralashtiramiz.



Karam+olma



Tarkibi: karam, olma, yashil bulg‘or qalampiri, tuz, zaytun yog‘i.



Tayyorlanishi: karamni somoncha shaklida to‘g‘rab, tuz bilan ezg‘ilaysiz. So‘ng parak qilib to‘g‘ralgan olma va bulg‘or qalampirini qo‘shing. Tuz va zaytun yog‘i bilan aralashtirib olsangiz, salat tayyor.



Bodring+tuxum



Tarkibi: bodring, shivit, kashnich, qaynatilgan tuxum, qatiq, tuz.



Tayyorlanishi: bodringni to‘rtga bo‘lib, paraklang. Ko‘katlarni maydalab to‘g‘rang, tuxumni mayda to‘rtburchak shaklda kesing. Masalliqlarga tuz va qatiqni aralashtiring.



Dengiz karam+sabzi



Tarkibi: dengiz karami, sabzi, o‘simlik yog‘i, sarimsoq.



Tayyorlanishi: dengiz karamini somoncha shaklida to‘g‘ralgan sabzi va ezg‘ilangan sarimsoq bilan aralashtiring. Salatga o‘simlik yog‘i va tuz qo‘shing.



Pomidor+bodring



Tarkibi: pomidor, bodring, qizil karam, rayhon, tuz.



Tayyorlanishi: pomidor, bodring va karamni yirik to‘rtburchak shaklda to‘g‘rang. Rayhonni maydalab kesing. Barchasini aralashtirib, tuz namagini sozlab oling.



Karam+bodring



Tarkibi: karam, bodring, shivit, smetana, tuz



Tayyorlanishi: karamni somoncha shaklida to‘g‘rang, bodringni qirg‘ichning yirik tishidan o‘tkazing. Masalliqlarga tuz va smetana qo‘shib, aralashtiring.

Категория: Salatlar Retsepti | Добавил: MILLIONER (06.09.2018)
Просмотров: 1661 | Теги: salat | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0