«Noz-noz» salati

Kerakli masalliqlar:

1. Tovuq go‘shti – 200 gr.
2. Brinza – 200 gr.
3. Dudlangan pishloq – 200 gr.
4. Marinadlangan qo‘ziqorin – 200 gr.
5. Tuzlangan bodring 3-4 dona.
6. Suxarik – 100 gr.
7. Salat bargi
8. Mayonez
9. Tuxum – 1 dona.
10. Sarimsoq piyoz – 3-4 bo‘lakcha.

623e7260-c1e9-4fd5-abbc-8b49d9968a09

Tayyorlanishi:

Tovuq go‘shti qo‘lda maydalanib, tuxumga aralashtirilib, yog‘da qovurib olinadi. Alohida idishga suxarik, maydalangan sarimsoqpiyoz, 1 osh qoshiq mayonez solinib, (ta’bga qarab ko‘kat qo‘shishingiz mumkin) aralashtiriladi. Qolgan masalliqlar kubik qilib to‘g‘raladi va alohida idishda aralashtiriladi.

ab26f3d6-7e4d-4740-a86b-4e233f774a01 23467e19-75de-4aa2-8c02-184461e32388

Salat idishi tubiga birinchi bo‘lib qo‘lda maydalangan salat bargi, ustiga kubik qilib to‘g‘ralib aralashtirilgan barcha masalliqlar ketma-ket solinadi.

f893712c-7e6c-49a5-a9f5-f511c46b7369 21af4680-571e-4389-92e4-1f5c6a12a128

So‘ng, suxarik va mayonez solinib, ustini hohishingizga qarab, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq yoki pishgan tuxum sarig‘i bilan bezatishingiz mumkin.

8e2c1f39-4666-4196-b888-8547eb673d56

Yoqimli ishtaha!

Категория: Salatlar Retsepti | Добавил: MILLIONER (06.09.2018)
Просмотров: 797 | Теги: salat | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0