Turkcha shirinlik «Revani»
Kerakli masalliqlar: 4 dona tuxum, 1 stakan qatiq, 1 stakan kungaboqar yog'i, 2 stakan un, 1 stakan manniy yormasi, 1 stakan shakar, 10 g osh sodasi va biroz maydalangan limon po'sti.
Sharbati uchun: 1,5 stakan suv, 4 stakan shakar, yarimta limon suvi.

Tayyorlanishi:

1. Sharbatni qaynatib, sovitishga qo'ying, chunki nonni tayyorlaguncha sharbat iliq bo'lishi kerak.
2. Tuxum va shakarni mikserda aralashtiring.
3. Keyin qatiq, yog', un, manniy yormasi va eng oxirida osh sodani solib, yaxshilab qorishtiring.
4. Listni yog'lab, tayyor suyuq xamirni yoying va qizigan gaz pechida usti yaxshi qizarguncha pishiring. 180 darajada 40 daqiqa pastki qavatini qoldiring.
5. Shirinlikni gaz pechidan olgach, istagan shaklingizda kesing va iligan sharbatni non sovimasidan hamma joyiga teng qilib to'king-da, 1 soatcha sharbatini shimishini kuting.
6. Shirinlik tayyor bo'lgach, ustiga qand upasi yoki maydalangan yong'oqdan sepib, dasturxonga torting.
Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (20.12.2017)
Просмотров: 2123 | Теги: Turkcha shirinlik «Revani» | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0