«Qor parchalari» torti
Zarur masalliqlar: 700 ml. sut, 400 gr. tvorog, 300 gr. sariyog`, 200 gr. yong`oq mag`zi, 3 stakan un, 2 stakan shakar, 4 dona tuxum, 1 osh qoshiqdan limon sharbati va makkajo`xori kraxmali, pichoq uchida vanilin, 1 choy qoshiq iste`mol sodasi; bezak uchun: shokolad, apelsin va butun dolchin.

Tayyorlanishi: 1. Yog`li tvorogni 1 stakan shakar bilan aralashtiring. Tuxum sarig`ini qo`shing. Limon sharbatiga iste`mol sodasini qo`shib, asosiy masalliqqa solasiz. Yaxshilab aralashtirgach, ustini sochiq bilan yopib, 30 daqiqa qoldiring.

2. Unni bir necha bor elakdan o`tkazing-da, so`ng kam-kamdan tvorogli aralashmaga elab soling. Toki yumshoqqina xamir tayyor bo`lguncha un qo`shing. Tayyor xamirni teng 12 bo`lakka bo`ling. Zuvalachalarga un sepib, bir xil kattalikda yupqalab yoying. Gaz patnisiga pishiriq qog`ozi solib, yoyilgan xamirlarni joylang-da, 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 5-7 daqiqaga qo`yib oling.

3. Endi krem tayyorlashga kirishamiz. Tuxum oqini bir stakan shakar va vanilinli shakar bilan ko`pirtiring. Sutga 2 osh qoshiq un va 1 osh qoshiq kraxmal qo`shib, suv bug`iga qo`yib, aralashtirib turing. Keyin shakar va tuxum oqini qo`shamiz-da, krem quyuq holga kelguncha suv bug`ida ushlaymiz. Faqat aralashtirib turishni va krem qaynab ketmasligi kerakligini unutmang.

4. Xona haroratida yumshatilgan sariyog`ga kremdan kam-kamdan qo`shib ko`pirtiramiz.

5. Korjlar o`rtasiga krem surtib, bir-biriga yopishtiring. Tort yuzi va atrofiga ham krem surtib, yuziga maydadalangan shokolad, yong`oq mag`zi seping. Apelsin bo`lagi, dolchin va yong`oq bilan bezating.

18 kishilik

2 soat
Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (06.03.2017)
Просмотров: 2218 | Рейтинг: 4.0/4
Всего комментариев: 0