Lavashdan 8 xil rulet
Asosiy mahsulot lavash xamiri (oila a'zolarning soniga qarab 2-3 tasi ishlatiladi).


1. Mayda to'g'ralgan 100 gr. krab qalamchasi, 2 bo'lak sarimsoq, 2 dona qaynatilgan tuxum va yarim bog' shivitni 50 gr. qirg'ichdan o'tkazilgan pishloq hamda 2 osh qoshiq mayonez bilan aralashtiring. Ta'bga ko'ra tuz qo'shing.

2. 100 gr. yog'siz tvorog, 100 gr qirg'ichdan o'tkazilgan pishloq, 2 ta tuzlangan bodring, yarim bog' shivit, tuz. Bodring va ko'katni mayda to'g'rab, tvorog va pishloq bilan aralashtiring.

3. 50 gr marinadlangan qo'ziqorin, 200 gr eritilgan pishloq, 2 ta tuzlangan bodring, qora murch. Pishloqni ozroq qaynagan suv bilan aralashtirib, o'rtacha kattalikda to'g'ralgan qo'ziqorin va bodringni qo'shing. Murch oxirida qo'shiladi.

4. 150 gr konservalangan baliq, 2 ta barra bodring, yarim bog' shivit, 2 osh qoshiq mayonez, 50 gr qirg'ichdan o'tkazilgan pishloq. Baliq, bodring va shivitni mayda to'g'rab, mayonez va pishloqqa qo'shing.

5. 200 gr qaynatilgan go'sht, 2 dona qaynatilgan tuxum, 2 osh qoshiq mayonez, 100 gr qaynatilgan guruch, yarim bog' shivit, tuz. Barcha masalliqlar to'rtburchak shaklida to'g'ralib, mayonez bilan aralashtiriladi.

6. 150 gr piyoz bilan qovurilgan go'sht qiymasi, 100 gr mayda to'g'ralgan pishloq, bitta to'rtburchak shaklida kesilgan qizil bulg'or qalampiri, 2 ta somoncha shaklida to'g'ralgan bodring, tuz. Barchasini aralashtirib olsangiz kifoya.

7. 2 tadan qaynatilgan qizil lavlagi va sabzini qirg'ichdan o'tkazing. Bitta sarimsoqni ezg'ilab oling. Masalliqlarni 100 gr maydalangan yong'oq va 2 osh qoshiq mayonezga qo'shasiz.

8. 200 gr tvorogga, to'rtburchak shaklida to'g'ralgan bitta banan va 2 ta kivini qo'shing. 2 osh qoshiq smetana, 50 gr maydalangan yong'oq va 1-2 osh qoshiq qand upasini ham soling-da, aralashtiring. Dasturxonga tortishda rulet kesimi ustiga smetana surtish mumkin
Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (20.12.2017)
Просмотров: 1703 | Теги: Lavashdan 8 xil rulet | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0