Kakaoli tort
Biskvit uchun masalliqlar: 6 dona tuxum, 150 g shakar, 100 g un, 250 g kakao, 40 g sariyog' (eritilgan holatda).

Krem uchun: 450 g qaymoq, 200 g qand upasi.

Tayyorlanishi:

1. Tuxum sarig'i oqidan ajratilib, shakarning yarmi bilan mikserda ko'pirtiriladi.

2. Boshqa bir idishda tuxum oqi ko'pirtirilib, quyuq holga kelgandan so'ng shakarning qolgan yarmi oz-ozdan qo'shilib, ko'pirtirishda davom etiladi. Kakao ham oz-ozdan qo'shilib, qoshiq bilan aralashtiriladi.

3. Kakaoli aralashmaga avval tuxum sarig'i, keyin eritilgan sariyog' (sovutilgan holatda) solinadi va yaxshilab qorishtiriladi. Tort qolipiga biskvit solinib, o'rta olovda pishirib olinadi.

4. Biskvit pishgandan so'ng ikkiga bo'linadi va sirop sepiladi. Qaymoqli kremga 0, 5 stakan kakao qo'shiladi va biskvitning birinchi qavatiga surtiladi.

5. Biskvitning ikkinchi qavatini qo'yib, tort usti ham krem bilan bezatiladi.
Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (20.12.2017)
Просмотров: 2668 | Теги: Kakaoli tort | Рейтинг: 3.0/2
Всего комментариев: 0