Hayratlanarli pishiriq - ichida baliq yashiringan!
Zarur masalliqlar: 2 ta kichikroq butun baliq go`shti (sudak, forel) 500 gr. tayyor qatlama xamir, 2 bosh piyoz, 1 dona tuxum, kunjut, limon, tuz, murch; ustiga surtishga: tuxum sarig`i va kunjut

Tayyorlanishi: 1. Piyozni yarim halqa shaklida to`g`rang. Tuxumni ko`pirtiring.

2. Xamirni yoyib, 2 bo`lakka bo`ling. Xamir o`rtasiga piyozni soling. Ustidan tozalangan baliqni butunligicha qo`ying. Yana piyoz solamiz-da tuz, murch sepib, limon sharbatini quyamiz. Ikkinchi xamir bilan baliq go`shtining ustini yopamiz.

3. Pirogni pishiriq qog`ozi to`shalgan qolipga joylab, yuziga tuxum sarig`i surting. Kunjut sepgach, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 50 daqiqaga qo`ying.

1 soatu 20 daqiqa

8 kishilik
Категория: Shirinliklar dunyosi | Добавил: MILLIONER (06.03.2017)
Просмотров: 1342 | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0