Qorinli salat
Kerakli masalliqlar: 500 g qorin, 2 dona bodring, 200 g sabzili salat, 2 bo'lak sarimsoq, 100 g yog', 1 choy qoshiq tuz, 0,5 choy qoshiq shakar, 1 choy qoshiq 70 foizli sirka va 1 choy qoshiq maydalangan qizil qalampir.

Tayyorlanishi:

1. Eng avvalo, qorinni tozalab, pishgunicha qaynating.
2. Qorin pishguncha piyozni mayda, bodringni somoncha shaklida to'g'rang.
3. Piyozni ko'p qizartirmay qovurgach, yog'ini sizdirib oling.
4. Qorinni ingichka, sarimsoqni esa mayda qilib to'g'rang, so'ng tuz, shakar va qalampir qo'shib aralashtiring.
5. Keyin masalliqlarni yaxshilab qorishtiring.
6. Yog'ni qizdirib salat ustiga quying, sirkani qo'shing va yana aralashtiring.
7. Eng so'ngida idishning qopqog'ini yopib, 6 soatcha qoldiring. Keyin muzlatkichga qo'ying-da, istalgan vaqtda keragicha olib, iste'mol qiling.
Категория: Salat va tuzlamalar | Добавил: MILLIONER (20.12.2017)
Просмотров: 4346 | Теги: Qorinli salat | Рейтинг: 4.5/2
Всего комментариев: 0