Jigarli salat
Kerakli masalliqlar: 5 ta tuxum, 500 g jigar, 2-3 dona sho'r bodring, 2 dona piyoz, 60 g kungaboqar yog'i, ta'bga ko'ra tuz, murch, ko'katlar va mayonez.

Tayyorlanishi: piyozni mayda to'g'rab, yog'da qovuring. Jigarni lavr yaprog'i va murch donalari solingan sovuq suvga solib, gazga qo'ying. Pishgach, mayda kubik shaklida, qaynatilgan tuxum va sho'r bodringlarni katta kubik shaklida to'g'rang.

Eng so'ngida barcha mahsulotlarni aralashtirib, tuz va murch sepib, mayonez qo'shing hamda ko'katlar bilan dasturxonga torting.
Категория: Salat va tuzlamalar | Добавил: MILLIONER (20.12.2017)
Просмотров: 1767 | Теги: Jigarli salat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0