Tovuq go'shtidan tandir kabob
Kerakli masalliqlar: 1 ta tovuq, 1 dona apelsin, 2-3 osh qoshiq qaymoq, 5-6 bo'lak sarimsoq, ta'bga ko'ra tuz va ziravorlar, tog' archasi shoxchalari (yoki rozmarin).
Tayyorlanishi: apelsinning suvini siqib, qaymoq, mayda to'g'ralgan sarimsoq, tuz hamda ziravorlar bilan aralashtiring. Hosil bo'lgan aralashmani tovuqning ichi hamda ustiga yaxshilab surting va archa shoxlari bilan o'rab, biroz bostirib qo'ying.
Keyin marinadlangan tovuqni archa shoxlari bilan birga simga iling va tandir og'ziga joylang.
Tandir namligini ushlab turish uchun uning ichiga biror temir idishga suv solib qo'ying. Agar tandirga osilgan go'sht ostiga to'g'ralgan sabzavot solingan tova yoki qozonchani qo'ysangiz, birvarakayiga garnir ham tayyor bo'ladi.
Go'shtni tandirga joylaganda uning harorati taxminan 150-160 daraja issiqlikda bo'lishi lozim.
Tovuqni tandirga ilib bo'lgach, uning ustini havo kirmaydigan qilib, qopqoq yoki tog'ora bilan yopib, atrofidagi ochiq joylarni oldindan tayyorlab qo'yilgan loy bilan suvab, berkiting. Agar buning imkoni bo'lmasa, zarqog'oz yordamida ham ochiq joylarni yopish mumkin.
Tandir kabobni ikki soatga dimlab qo'ying.
Taom tayyor bo'lgach, laganga avval sabzavotlarni terib, ustiga tovuq go'shtini chiroyli qilib joylashtiring. Kabobni xohishingizga ko'ra bezab, dasturxonga tortishingiz mumkin.
Категория: Pazandalik sirlari | Добавил: MILLIONER (09.02.2018)
Просмотров: 2558 | Теги: tandir, goshtiga, tovuq | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0