наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 35
Гостей: 35
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

18:42
Zoʻravon er xoʻrlagan kelinning iztiroblari
Samarqand viloyati, Qoʻshrabot tumanida istiqomat qiluvchi S.Gʻ.dan tahririyatimizga xat keldi. Hikoyadan maʼlum boʻlishicha, 32 yoshli S.Gʻ. 2018 yilning dekabrida 35 yoshli B.Q.ga turmushga chiqadi.

«Turmushim uzoqqa choʻzilmadi: goʻzal va chiroyli oila quraman deb turmushga chiqqandim, afsuski, aldandim. Turmushimdan uch kun oʻtib, har kuni spirtli ichimlik ichib kelib ura boshladi, lekin hammasiga chidadim. Uydagilarga, yaʼni ota-onamga gap yetkazmaslikka harakat qilib keldim.

Bir kuni yaqin qarindoshlarim — ota-onam mehmon boʻlib kelishdi. Shunda mening koʻzlarim koʻkargan, erim ancha tan jarohat yetkazgan edi. Keyin ular mendan koʻzlarimga nima boʻlganini soʻrashdi. Men esa hech nima boʻlmaganini aytdim va oilamni dedim: erim vaqt oʻtib ichishdan voz kechib, yaxshi boʻladi degan umidda edim. Ota-onam “yaxshi yashanglar, urushmanglar”, deb nasihat qilib ketishdi.

Men yaqin qarindoshlarim bilan telefon orqali gaplasha olmasdim. Sababi — telefon yoʻq, svet yoʻq, qishloq aholisidan ancha olisda yashardik, bayramlarda tabriklab qoʻyay, desam iloji yoʻq: hech qayerga chiqarilmasdan yashadim. Jonimdan qattiq oʻtkazib xoʻrlashlar davom etar edi.

Tugʻilgan kunimga ota-onam, yaqinlarim kelishdi. Hammamiz onam pishirib kelgan non-kulchalarga toʻlib toshgan dasturxon atrofida oʻtirdik.

Mehmonlar ketishgach, keyin yana katta janjal boshlandi: “uydagilaring yotib ketishmadi”, “koʻp ovqat yeyishmadi”, “sening onang yomon, otang yomon”, deb menga “tilingdan tilxat yozasan: oʻz-oʻzimni oʻldirdim, mening hech kimdan daʼvoim yoʻq”, deb, bir qoʻlida pichoq bilan boʻynimga niqtadi. Keyin “seni oʻldiraman, mana buni ich!” — deb aroqni ogʻzimdan majburlab quydi. Soʻng dasturxonda turgan non-kulchalarni oyogʻi bilan tepib, “onang yopgan nonga tupurdim”, deb idish-tovoqlarni sindirib, shisha sinigʻi bilan tanamga qattiq jarohat yetkazdi. Badanim qonga belandi.

Uydan qochib chiqishni oʻylardim: bu qoʻli qon inson bilan yashash qiyinligi aniq edi. Shu kecha turmush oʻrtogʻim bir qoʻlida pichoq, bir qoʻlida aroq bilan uxlab qoldi. Bundan foydalanib, derazadan qochib chiqib, qorongʻi tunda togʻma-togʻ oshib, tuman tibbiyot markaziga yetib keldim. Shifokorlar yordami bilan uydagilarimga xabar berildi, meni koʻrib ota-onam qoʻrqib ketishdi.

Keyin Qoʻshrobot tuman IIBga xabar berishdi. Hozirgacha surushtiruv ishlari davom etmoqda. Endi bu inson bilan yarashish niyatim yoʻq».

* * *

Biz mazkur xatni yoʻllagan juvon bilan telefon orqali suhbatlashdik. Soʻngra, oilada yuz bergan bunday zoʻravonlikka qanday chora koʻrilgani bilan qiziqdik.

Maʼlum boʻlishicha, B.Q turmush oʻrtogʻi S.Gʻ.ning “sogʻligi yengil buzilishiga sabab boʻladigan tan jarohati” yetkazgani uchun tuman IIB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va ish sudga oshirilgan.

12 mart kuni jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻshrabot tuman sudining “Qoratosh” MFY binosida sudya I.Gʻulomov raisligida boʻlib oʻtgan ochiq sayyor sud majlisida mazkur ish koʻrib chiqilgan.

Sud majlisida jabrlanuvchi va guvohlar, shuningdek, sudlanuvchi zoʻravon er ham soʻroq qilingan. Sud sudlanuvchi B.Q.ning sodir etgan jinoiy xatti-harakati dastlabki tergov organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksinining 109-moddasining 2-qismi bilan toʻgʻri malakalangan, deb hisoblagan.

Sud, B.Q. tomonidan sodir etilgan jinoyatni qasddan sodir etilgan ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat deb hisoblab, uning qilmishidan pushaymonligini, muqaddam sudlanmaganini, qaramogʻida 3 nafar voyaga yetmagan farzandi boʻlib, oilasida yagona boquvchi ekanini va jabrlanuvchidan kechirim soʻraganini uning aybini yengillashtiruvchi holatlar; jinoyatni spirtli ichimlik isteʼmol qilib, gʻaraz va past niyatda sodir etganini aybini ogʻirlashtiruvchi holat oʻlaroq baholagan.

Sud hukmi bilan B.Q.ga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasining 2-qismi bilan har oyda ish haqining 15 foizi miqdorida davlat foydasiga ushlab qolgan holda bir yilga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlagan.

Biz bilan suhbatda S.Gʻ. turmush oʻrtogʻi bilan FHDYO organida qonuniy nikohdan oʻtgani, endi tuman fuqarolik ishlari boʻyicha sudiga murojaat qilib, turmushidan ajralishini maʼlum qildi.

Albatta, ichkilik — barcha balolarning boshidir. Bir marta turmushi buzilgan er bundan toʻgʻri xulosa chiqarmasdan, ikkinchi marta uylanib, oʻz xotiniga yana zoʻravonlarcha munosabatda boʻlishi, ayovsiz haqoratlashlariga chidash qiyin. Bundaylarga hech kimning tushuntirishi ham, nasihati ham, yalinib-yolvorishi ham kor qilmaydi. Insofni oʻziga bermasa qiyin.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 162 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Yurtimizda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar