наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 33
Гостей: 32
Пользователей: 1
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

12:53
YPX xodimi ayolni kaltaklagani yuzasidan rasmiy axborot berildi (video)
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ichki ishlar organi xodimi tomonidan ayolning kaltaklanishi bilan bog‘liq video yuzasidan axborot berdi. Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 10 sentyabr kuni Qoraqalpog‘istonda yuz bergan.



Ma’lum bo‘lishicha, Qoraqalpog‘iston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi YPX inspektorlari K.R. va B.Z. piyodaga yo‘l bermagan Nexia mashinasini to‘xtatgan. Nexia haydovchisi A.B. inspektor B.Z.ga ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilmaganligini aytib, inspektorga hujjatlarini taqdim etmasdan, voqea joyidan ketmoqchi bo‘lib, mashinani harakatga keltirgan.

Shundan so‘ng YPX inspektorlari qo‘shimcha yordamchi kuchlarni chaqirib, Nexia voqea joyidan ketib qolmasligi uchun zarur choralarni ko‘rgan vaqtda mashina ichida bo‘lgan ikki ayol — N.X. va Sh.X. tushib kelib, Nexia’ning qochib ketishi uchun sharoit yaratib berish maqsadida YPX inspektorlariga faol qarshilik ko‘rsatgan.

«Natijada inspektor K.R. tan jarohati olgani aniqlangan», — deyiladi Bosh prokuratura axborotida. Idora axborotida qayd etilishicha, shundan «keyin fuqaro Sh.X. uni YPX inspektorlari urib tan jarohati yetkazganini ma’lum qilib, tez yordam mashinasida shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga kelgan».

Qayd etishlaricha, fuqaro Sh.X.ning murojaati bo‘yicha voqea joyiga Nukus shahar tezkor tergov guruhi a’zolari chiqqan, hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, YPX inspektorlari va fuqarolar narkologiya dispanseridan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan. Holat yuzasidan Nukus prokuraturasi tomonidan tekshirish xarakatlari o‘tkazilib, YPX inspektorlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

«Fuqaro Sh.X.ning hamda YPX inspektori K.R.ning tan jarohati olganligi va boshqa holatlarga oydinlik kiritish maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Tekshirish davom etmoqda», — deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati axborotida.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 37 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Yangiliklar, kunlik, Yurtimizda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar