наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 30
Гостей: 30
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

12:12
Xitoydagi kompaniya nima uchun yiliga 6 milliard suvarak yetishtiradi?
Ko‘pchilik suvaraklarni jirkanch hasharot deb hisoblaydi, ammo Xitoy farmatsevtika sanoatida ular yaxshi biznesga aylangan, chunki mamlakatda suvaraklar salomatlik uchun foydali degan firk keng tarqalgan, deb yozadi BBC'ga tayanib Kun.uz nashri.

Mamlakat janubi-g‘arbidagi Sichan shahrida farmatsevtika kompaniyalaridan biri yiliga olti milliard suvarak yetishtiradi.

Suvaraklar maydoni ikkita futbol maydoniga teng bo‘lgan bino ichida yetishtiriladi, deb yozadi South China Morning Post. Suvaraklar uchun bino ichida yemish va suv yetarlicha, ular bu yerda erkin yuradi. Binoning o‘zi esa qariyb germetik bo‘lib, uning ichiga odamlar kirishi qat’iy cheklangan.

Bu yerda sun’iy ong tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, u haroratdan tortib suvaraklardagi genetik mutatsiyagacha bo‘lgan 80dan ortiq ko‘rsatkichlarni o‘lchab turadi.

Suvaraklar «voyaga yetgach», ularni tutishib, maydalab, qayta ishlashadi va an’anaviy xitoy tibbiyotida ishlatiladigan malham tayyorlashadi. U go‘yoki gastroenterit, oshqozon yarasi va o‘pka kasalliklarini davolashda yordam beradi.

«Bu mo‘’jizakor dori. U qator kasalliklarni davolaydi, buning ustiga, boshqa dorilarga nisbatan tezroq ta’sir qiladi», - deydi Shandundagi qishloq xo‘jalik universiteti xodimi Lyu Yuyshen Daily Telegraph gazetasiga bergan intervyusida.

Kasalxonalarda suvarakdan tayyorlangan malhamlardan tez-tez foydalanishsa-da, hamma ham buni to‘g‘ri deb hisoblamaydi.

«Bu mo‘’jizakor dori emas, u odamlarni sehrli tarzda davolay olmaydi», - deydi Pekindagi Xitoy tibbiyot akademiyasi tadqiqotchisi.

Boshqa mutaxassislar esa buncha miqdordagi hasharotlarning bir joyda to‘planishi xavfli ekanligini ta’kidlashadi.

«Agarda xodimlar xatosi yoki zilzila natijasida milliardlab suvaraklar tashqariga chiqib ketsa, bu falokat bo‘ladi», - deydi Xitoy fanlar akademiyasi professori Chju Chaodun.
Категория: Dunyo g'aroyibotlari | Просмотров: 37 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Dunyo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar